Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
FT: Fors ko‘rfazi davlatlari neft quvurlari qurmoqchi
Eronning Ho‘rmuz bo‘g‘ozini to‘sib qo‘yishi ortidan Fors ko‘rfazi davlatlari neft eksport qilishning muqobil yo‘llarini yaratish uchun neft quvurlari qurish imkoniyatini muhokama qilmoqda.
Foto: AP
Eron tomonidan Ho‘rmuz bo‘g‘ozining davom etayotgan blokadasi tufayli Fors ko‘rfazi davlatlari neftni ushbu dengiz yo‘lini chetlab o‘tgan holda eksport qilish imkonini beruvchi quvurlar qurish rejasini muhokama qilmoqda. Bu haqda Financial Times gazetasi 2 aprel, payshanba kuni yozdi.
Nashrda ta’kidlanishicha, rasmiylar va sanoat kompaniyalari rahbariyati vakillari yangi quvurlar, ehtimol, Fors ko‘rfazi davlatlarining Ho‘rmuz bo‘g‘ozi orqali yetkazib berishdagi uzoq davom etuvchi uzilishlar oldidagi zaifligini kamaytirishning yagona yo‘li bo‘lishi mumkin, deb hisoblamoqda. Biroq bunday loyihalarni amalga oshirish katta xarajatlar, murakkab siyosiy masalalar bilan bog‘liq va ko‘p yillar talab qiladi.
Mualliflar qayd etishicha, AQSh va Isroilning Eronga qarshi urushi 1200 kilometrlik “Sharq—G‘arb” neft quvurining strategik ahamiyatini yanada yaqqol namoyon qildi. Bu quvur 1980-yillarda Eron va Iroq o‘rtasidagi “tankerlar urushi” Ho‘rmuz bo‘g‘ozining yopilishiga olib kelishi mumkin, degan xavotirlar tufayli qurilgan.
Bugungi kunda u asosiy transport arteriyasiga aylangan bo‘lib, har kuni Qizil dengiz bo‘yidagi Yanbu portiga 7 million barrel neft yetkazib berishni ta’minlaydi va bu Ho‘rmuz bo‘g‘ozini aylanib o‘tish imkonini beradi.
Maqolada aytilishicha, endi Saudiya Arabistoni har kuni qazib olinayotgan 10,2 million barrel neftni to‘liq haydash imkoniga ega bo‘lish uchun “Sharq—G‘arb” quvurini kengaytirish yoki yangi neft quvurlari qurish masalasini ko‘rib chiqmoqda.
Atlantic Council tashkilotining Yaqin Sharq dasturlari bo‘yicha katta maslahatchisi Meyson Kafafining fikricha, eng istiqbolli variant bitta muqobil yo‘nalish emas, balki butun bir quvurlar tarmog‘ini barpo etish bo‘ladi.
Fors ko‘rfazidagi davlatlardan birining nomi ochiqlanmagan amaldoriga ko‘ra, variantlardan biri sifatida AQSh rahbarligidagi Hindiston — Yaqin Sharq — Yevropa iqtisodiy koridori (IMEC) infratuzilma loyihasiga qaytish ham ko‘rib chiqilishi mumkin. Jurnalistlar eslatishicha, dastlabki loyiha siyosiy jihatdan murakkab bo‘lgan Isroilning Hayfa portiga neft quvuri tortishni ham o‘z ichiga olgan.
“Sharq—G‘arb” neft quvurini qurgan Livanning xususiy C.A.T. Group kompaniyasi rahbari Kristofer Bushning aytishicha, yangi quvurlar qurishga qiziqish AQSh va Isroilning Eronga qarshi urushi boshlanishidan oldin ham mavjud bo‘lgan.
Mutaxassis bahosicha, Saudiya Arabistonida Qizil dengiz sohilida joylashgan Al-Hijoz tog‘ tizmasidagi qattiq bazalt qoyalarini portlatish zarurati hisobga olinsa, shunga o‘xshash yana bir quvur qurish taxminan 5 milliard dollarga tushadi.
Iroq, Iordaniya, Suriya yoki Turkiya hududi orqali o‘tadigan quvurlar bilan bog‘liq loyihalar esa ushbu hisob-kitoblarga ko‘ra 15 milliarddan 20 milliard dollargacha tushishi mumkin.
O‘z navbatida, BAAning yuqori lavozimli, nomi ochiqlanmagan amaldori Abu-Dabida Ho‘rmuz bo‘g‘ozidan tashqarida, mamlakat sharqida joylashgan Al-Fujayraga ikkinchi quvur qurish bo‘yicha “doim B rejasi” bo‘lganini aytgan. Biroq Ho‘rmuz bo‘g‘ozidagi vaziyatning uzoq muddatli manzarasi aniq bo‘lmaguncha, bu borada biror qaror qabul qilinishi ehtimoli kamligini FT suhbatdoshi qo‘shimcha qilgan.
Mavzuga oid
23:13 / 02.04.2026
Erondagi eng katta ko‘prik AQSh va Isroil zarbasi oqibatida vayron bo‘ldi
21:19 / 02.04.2026
Eron hech qachon tajovuzkorlik yo‘lini tanlamagan – Pizishkiyon amerikaliklarga murojaat qildi
17:25 / 02.04.2026
Eronning neft eksportidan daromadi ikki baravar ortdi
11:08 / 02.04.2026