O‘zbekiston | 15:45
1701
1 daqiqa o‘qiladi

Tojikistonda yuz bergan zilzila kuchi O‘zbekistonda ham sezildi

Juma kuni soat 15:26 da Tojikistonda zilzila qayd etildi. Uning kuchi Toshkent shahri va qator viloyatlarda 2−3 ball ko‘rinishida sezildi.

3 aprel kuni Tojikistonda sodir bo‘lgan zilzila kuchi O‘zbekistonning bir qator hududlarida sezildi, deya xabar bermoqda FVV Seysmoprognostik monitoring markazi

Soat 15:26 da kuzatilgan yer silkinishi Toshkentdan 296 km janubi-sharqda joylashgan. Magnitudasi 5,5, chuqurligi 10 km.

Zilzila O‘zbekiston viloyatlarida quyidagicha sezildi:

  • Farg‘ona viloyatida 3 ball, 140 km;
  • Namangan viloyatida 2 ball, 200 km;
  • Andijon viloyatida 2 ball, 203 km;
  • Sirdaryo viloyatida 2 ball, 234 km;
  • Toshkent viloyatida 2 ball, 257 km;
  • Toshkent shahrida 2 ball, 269 km.
Азиз Қаршиев
Tayyorlagan Азиз Қаршиев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid