Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AI va bolalar: Xitoy xavfli texnologiyalarga chek qo‘ymoqda
Xitoy sun’iy intellekt sohasida nazoratni yanada kuchaytirish yo‘lida yangi qoidalarni taklif qildi. Mamlakatning kibermakonni nazorat qiluvchi asosiy idorasi - Cyberspace Administration of China tomonidan e’lon qilingan loyiha “raqamli odamlar” (digital humans) faoliyatini tartibga solishga qaratilgan.
Foto: REUTERS
Yangi qoidalarga ko‘ra, internetdagi barcha virtual insonlar yoki AI-avatarlar aniq belgilab qo‘yilishi shart. Bu orqali foydalanuvchilar real inson bilan emas, sun’iy intellekt bilan muloqot qilayotganini tushunishi kerak.
Shuningdek, 18 yoshgacha bo‘lganlar uchun “virtual yaqin munosabatlar”ni taqlid qiluvchi xizmatlar taqiqlanishi rejalashtirilmoqda. Bu chora bolalarda AI’ga emotsional bog‘lanish va qaramlikni oldini olishga qaratilgan.
Qoidalarda yana bir muhim talab — insonning shaxsiy ma’lumotlaridan uning roziligisiz “raqamli nusxa” yaratish taqiqlanadi. Shu bilan birga, AI texnologiyalaridan shaxsni tasdiqlash tizimlarini chetlab o‘tish uchun foydalanish ham man etiladi.
Bundan tashqari, sun’iy intellekt orqali tarqatiladigan kontent ham qat’iy nazoratga olinadi. Milliy xavfsizlikka tahdid soluvchi, zo‘ravonlik yoki nafratni targ‘ib qiluvchi materiallar taqiqlanadi. Platformalar esa foydalanuvchilarda ruhiy muammolar yoki o‘zini zararlash alomatlari kuzatilsa, aralashishi va yordam ko‘rsatishi kerak bo‘ladi.
Mutaxassislarga ko‘ra, bu qadam Xitoyning sun’iy intellektni keng joriy qilish bilan birga uni qattiq nazorat ostida saqlash siyosatini aks ettiradi. Mamlakat yaqinda qabul qilgan besh yillik strategiyasida AI iqtisodiyotning asosiy drayverlaridan biri sifatida belgilangan.
Yangi qoidalar hozircha jamoatchilik muhokamasiga qo‘yilgan bo‘lib, ular 6 maygacha taklif va fikrlar uchun ochiq qoladi.
Mavzuga oid
21:12 / 04.04.2026
Xitoy va Pokiston Eron urushida vositachi bo‘lmoqchi. Ular nimani taklif qildi?
07:35 / 04.04.2026
Reyting: Xitoy so‘nggi 20 yilda eng ko‘p qayerga sarmoya kiritdi?
17:39 / 03.04.2026
Ijtimoiy tarmoqlardagi bolalar: obrazlar ortidagi xavflar
18:28 / 01.04.2026