Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Dog‘istonda suv toshqinlari oqibatida 4 kishi halok bo‘ldi
Suv ombori to‘g‘oni buzilib ketgan va uylarni suv bosgan.
5 aprel kuni Dog‘istonning Derbent rayonida kuchli yog‘ingarchilik ortidan Gedjuxskoye suv omborida suv sathi ko‘tarilib, uning to‘g‘oni buzilib ketdi. Natijada Mamedkala posyolkasini suv bosgan.
Derbent rayoni hokimi Elman Ollohverdiyev 5 aprel kuni kechqurun daryodan bir necha kishini qutqarishga muvaffaq bo‘lingani haqida xabar berdi. «Kavkaz» federal avtoyo‘lining Kala aholi punktidagi ko‘prigi qulaganida ichida odamlari bo‘lgan avtomobillar oqib ketgandi.
Rayonning to‘rtta mikrorayoni hududida to‘rt ming kishi evakuatsiya qilingan, lekin barchani ham qutqarishning imkoni bo‘lmagan.
«Afsuski, homilador ayol va voyaga yetmagan o‘smirni qutqarib qolishning iloji bo‘lmadi», – deydi TASS agentligi suhbatdoshi.
Shu kuni Kirki qishlog‘ida ham yer o‘pirilishi tufayli uy qulashi oqibatida yana bir ayol halok bo‘lgan.
6 aprel kuni Mamedkala qishlog‘ida besh yoshli qiz jasadi topildi va jami qurbonlar soni to‘rt nafarga yetdi.
Bundan tashqari, ikki kishi bedarak yo‘qolgan deb hisoblanmoqda.
Mavzuga oid
09:41 / 20.05.2026
Dog‘istonda saqlanayotgan 24 nafar o‘zbekistonlik vatanga qaytariladi
18:30 / 05.04.2026
Mahachqal’ada suv toshqini tufayli uch qavatli uy quladi
18:24 / 23.11.2025
Vetnamda suv toshqinlari oqibatida 100 ga yaqin kishi halok bo‘ldi
12:45 / 27.08.2025