O‘zbekiston | 10:21
2358
1 daqiqa o‘qiladi

Samarqandda tuproq ostida qolgan fuqaro qutqarib qolindi

Samarqand shahrida qurilish obektida tuproq ostida qolib ketgan fuqaro qutqaruvchilarning tezkor harakati natijasida sog‘-omon olib chiqildi.

Foto: FVV

Ma’lum qilinishicha, 8 aprel kuni soat taxminan 18:00 larda Samarqand viloyati FVB navbatchilik qismiga Oltin asr mahallasida joylashgan qurilish obektlarining birida fuqaro tuproq ostida qolib ketgani haqida xabar kelib tushgan.

Qisqa vaqt ichida voqea joyiga yetib borgan qutqaruvchilar maxsus asbob-anjomlar yordamida jabrlanuvchini tuproq ostidan chiqarib olib, unga birinchi tibbiy yordam ko‘rsatgan.

Jabrlanuvchi shifoxonaga olib borilgan bo‘lib, uning hayoti va sog‘lig‘iga xavf yo‘q. Shifokorlar ma’lumotiga ko‘ra, u yaqin kunlarda tibbiyot muassasasidan chiqarilishi kutilmoqda.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid