Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQShdagi Livan va Isroil elchilari telefon orqali gaplashdi
Isroil va Livan vakillarining tinchlik muzokaralarini boshlashga tayyorgarlik bo‘yicha uchrashuvi 14 aprel kuniga belgilangan. Ikki davlatning AQShdagi elchilari birinchi to‘g‘ridan to‘g‘ri telefon muloqotini o‘tkazdi.
Foto: AP
Livan va Isroil vakillari o‘rtasida AQSh vositachiligida o‘tadigan muzokaralar arafasida to‘g‘ridan to‘g‘ri aloqa bo‘lib o‘tdi. Livan prezidenti matbuot xizmati 10 aprel, juma kuni ma’lum qilishicha, gap o‘sha kuni ertaroq ikki mamlakatning AQShdagi elchilari o‘rtasida bo‘lib o‘tgan telefon suhbati haqida ketmoqda. Unda hozirda Vashingtonda bo‘lib turgan AQShning Livandagi elchisi ham ishtirok etgan.
Bayonotda aytilishicha, mazkur suhbat o‘t ochishni to‘xtatishni ta’minlash va muzokaralarni boshlashga qaratilgan diplomatik sa’y-harakatlarning bir qismi bo‘lgan. Tomonlar asosiy muzokaralar boshlanish sanasini kelishib olish rejalashtirilgan ilk uchrashuvni 14 aprel, seshanba kuni, AQSh Davlat departamentida o‘tkazishga kelishib olgan.
Bundan avval Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyahu Livan bilan “Hizbulloh” harakatini qurolsizlantirish va ikki davlat o‘rtasida tinch munosabatlar o‘rnatish yuzasidan to‘g‘ridan to‘g‘ri muzokaralarni “imkon qadar tezroq” boshlashni topshirgan edi. Netanyahu so‘zlariga ko‘ra, “Isroil Livan bosh vazirining Bayrutni demilitarizatsiya qilish haqidagi chaqirig‘ini yuksak qadrlaydi”.
8 aprel kuni AQSh prezidenti Donald Tramp Netanyahu bilan telefon suhbatida undan Livanga zarbalar sonini qisqartirishni so‘ragan, bu esa Eron bilan muzokaralar izdan chiqmasligi uchun qilingan. DW xabarida aytilishicha, Isroil va AQSh fevral oyi oxiridan beri Eron bilan urush olib bormoqda, NBC ma’lumotiga ko‘ra esa, Isroil javoban “yordamchi hamkor” bo‘lishga rozi bo‘lgan.
DW materialiga ko‘ra, AQSh va Isroil 28 fevraldan boshlab Eronga havo hujumlari uyushtirgan, natijada Eron oliy rahbari Ali Xominaiy hamda bir qator yuqori lavozimli amaldorlar va kuch tuzilmalari vakillari halok bo‘lgan. Tehron esa javob tariqasida Fors ko‘rfazi mintaqasidagi qo‘shni davlatlarga raketa va dronlar bilan hujum qilgan.
8 aprelga o‘tar kechasi AQSh va Eron ikki haftalik o‘t ochishni to‘xtatishga kelishib olgan. Shu bilan birga, har ikki tomon urushda g‘alaba qozonganini ma’lum qilgan.
Mavzuga oid
12:48
Uchuvchi Eron tog‘larida: «Trampni qutqarish» operatsiyasi haqida
22:27 / 10.04.2026
Tramp Eron bilan muzokaralar natijasini 24 soatdan keyin e’lon qiladi
22:21 / 10.04.2026
“AQSh-Isroilga ishonmaymiz, qo‘limiz tepkida” – Eronning O‘zbekistondagi elchisi
09:30 / 10.04.2026