Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qozog‘iston prezidenti Buxoroga keldi
Amaliy tashrif dasturidan ikki tomonlama muzokaralar, shuningdek, Buxoroning tarixiy obidalarini ziyorat qilish, sanoat korxonalari bilan tanishish va boshqa tadbirlar joy olgan.
O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyevning taklifiga binoan, Qozog‘iston Respublikasi prezidenti Qosim-Jo‘mart To‘qayev amaliy tashrif bilan O‘zbekistonga keldi.
Oliy martabali mehmonni Buxoro xalqaro aeroportida Shavkat Mirziyoyev kutib oldi.

Milliy kuy-qo‘shiq va raqslardan iborat tantanali kutib olish marosimi bo‘ldi. Ikki mamlakatning davlat bayroqlari ko‘tarildi va faxriy qorovul saf tortdi. Harbiy orkestr ijrosida davlat madhiyalari yangradi.
Bugun yetakchilar ikki tomonlama muzokara o‘tkazadi. Shuningdek, Buxoroning tarixiy obidalarini ziyorat qilish, sanoat korxonalari faoliyati bilan tanishish va boshqa tadbirlar rejalashtirilgan.

Mavzuga oid
16:17
O‘zbekiston havo sifatini yaxshilash uchun Qozog‘iston bilan hamkorlik qiladi
20:23 / 31.03.2026
Shavkat Mirziyoyev Qozog‘iston tashqi ishlar vaziri Yermek Kosherbayevni qabul qildi
09:40 / 31.03.2026
Rossiya va Qozog‘istondan O‘zbekistonga ko‘chib kelish ko‘paymoqda
07:17 / 25.03.2026