O‘zbekiston | 14:43
563
1 daqiqa o‘qiladi

Xorijdagi o‘zbekistonliklar elchixona qabuliga onlayn yozilishi mumkin bo‘ldi

Xorijdagi O‘zbekiston vatandoshlari uchun MyGov portali orqali elchixona qabuliga yozilish imkoniyati yaratildi.

Foto: Kun.uz

Portal ma’muriyatiga ko‘ra, endi konsullik xizmatlaridan foydalanishda soatlab navbat kutish shart emas. Ilgari elchixonaga borib navbat kutilgan bo‘lsa, endi barchasini my.gov.uz orqali hal qilish mumkin.

Xizmatdan foydalanish tartibi quyidagicha:

  • my.gov.uz portaliga kirib, “Elchixona (konsullik) qabuliga yozilish” xizmati tanlanadi;
  • kerakli konsullik okrugini va xizmat turi belgilanadi;
  • taqvimdagi bo‘sh kun va soatlardan birini tanlab, navbat varaqasi olinadi.

Qabulga yozilish xizmati bepul.

Комрон Чегабоев
Tayyorlagan Комрон Чегабоев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid