Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yangi o‘quv yili uchun 1-sinfga qabul tartibi belgilandi
2026–2027 o‘quv yili uchun maktablarning 1-sinfiga qabul qilish tartibi tasdiqlandi. Yangi tartibga ko‘ra, qabul jarayoni davlat xizmatlari orqali keng qamrovda amalga oshirilib, maktablar va hududlar soni sezilarli oshirildi.
1-sinfga qabul qilish bo‘yicha davlat xizmati orqali amalga oshiriladigan tuman (shahar)lar soni 64 tadan 135 taga, umumiy o‘rta ta’lim maktablari soni esa 1956 tadan 5689 taga yetkazilgan.
Shuningdek, 2026–2027 o‘quv yili uchun 1-sinfga qabul bo‘yicha davlat xizmati joriy etiladigan tuman va shaharlar ro‘yxati tasdiqlangan.
Qabul jarayoni Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (my.gov.uz) hamda Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining elektron xizmatlari portali (my.maktab.uz) orqali amalga oshiriladi.
Arizalar 2026 yil 20 iyundan 31 iyulga qadar biriktirilgan mikrohudud doirasida, 1 avgustdan 31 avgustgacha esa mikrohududdan tashqari hududlar uchun qabul qilinadi.
Amaldagi qonunchilikka muvofiq, 1-sinfga bolalar ular yetti yoshga to‘ladigan yilda qabul qilinadi. Ya’ni, 2026–2027 o‘quv yili uchun 2019 yil 31 dekabrga qadar tug‘ilgan bolalar maktabga qabul qilinadi.
Mavzuga oid
08:53 / 08.06.2026
1-sinfga qabul 20 iyundan boshlanadi
09:02 / 05.06.2026
Maktab va shifoxonalarda energiya tejamkor loyihalar amalga oshiriladi
19:44 / 24.05.2026
O‘quvchilarni bir maktabdan boshqasiga ko‘chirish bo‘yicha davlat xizmati vaqtinchalik to‘xtatiladi
21:02 / 18.03.2026