Jahon | 21:10 / 16.04.2026
2526
2 daqiqa o‘qiladi

AQSh Eronga qarshi yana bir «Iqtisodiy qahr» operatsiyasini boshlaydi

Shu tariqa Vashington Tehronga maksimal iqtisodiy bosim o‘tkazishni rejalashtirmoqda.

Pit Hegset Foto: Kevin Wolf / AP

AQSh Eronga qarshi «Epik qahr» harbiy operatsiyasini «Iqtisodiy qahr» operatsiyasi bilan to‘ldiradi. Shu tariqa Vashington Tehronga maksimal iqtisodiy bosim o‘tkazishni rejalashtirmoqda. Bu haqda Pentagon rahbari Pit Hegset jurnalistlar uchun brifingda ma’lum qildi.

«Shu bilan birga, AQSh moliya vaziri Skott Bessent <...> «Iqtisodiy qahr» operatsiyasini boshlab, butun (Amerika) hukumati doirasida (Eronga) iqtisodiy bosimni maksimal darajaga olib chiqmoqda», dedi Hegset. Shu bilan birga, u AQSh jangovar harakatlarni qayta boshlashga tayyorligini aytdi, «lekin yanada kuchliroq shaklda». Pentagon rahbari Eron portlarini blokada qilish «qancha kerak bo‘lsa shuncha vaqt» davom etishini ta’kidladi.

AQSh va Isroilning Eronga qarshi operatsiyasi 28 fevral kuni boshlandi. 7 aprel kuni AQSh prezidenti Donald Tramp Eron bilan ikki haftalik sulh e’lon qildi. Isroil ham o‘t ochishni to‘xtatish tartibiga qo‘shildi. 11 aprel kuni Vashington va Tehron muzokaralar o‘tkazdi, biroq kelishuvga erisholmadi. Ertasi kuni Donald Tramp Eron portlari Amerika kuchlari tomonidan qamal qilinganini e’lon qildi. Oq uy ma’lumotlariga ko‘ra, AQSh Eron bilan muzokaralarning ikkinchi raundini o‘tkazish imkoniyatini muhokama qilmoqda.

Сардор Юсупов
Tayyorlagan Сардор Юсупов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid