Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Forbes ko‘chmas mulk sektoridagi eng yirik investor nomini e’lon qildi
2001 yildan buyon Zara brendi egasi Amansio Ortega 216 ta ko‘chmas mulk obektini 24 milliard dollarga xarid qilgan. Taqqoslash uchun, bu Amazon asoschisi Jyeff Bezosning Blue Origin kosmik startapiga kiritgan jami investitsiyalaridan ham ko‘proq.
Foto: AP
Zara brendi egasi Amansio Ortega ko‘chmas mulk sektoridagi eng yirik investorga aylandi. Bu haqda Forbes korporativ hujjatlar, yer reyestrlari ma’lumotlari va to‘qqiz mamlakatda e’lon qilingan hisobotlar, shuningdek, Regrid va Real Capital Analytics ma’lumotlar bazalariga tayanib xabar berdi.
Forbes jurnalistlari Orteganing «imperiya xaritasi»ni tuzishdi. Tadbirkorning barcha ko‘chmas mulklari qiymati 25 milliard dollarga baholanyapti. Mazkur aktivlar 13 mamlakatda joylashgan 200 dan ortiq obektni o‘z ichiga oladi. Bu esa Ortegani ko‘chmas mulk sektorida dunyodagi eng yirik magnatga aylantiradi — uning portfeli hatto eng muvaffaqiyatli developerlar, jumladan, avstraliyalik Harri Triguboff (23,2 mlrd dollar) va amerikalik Donald Bren (19,2 mlrd dollar) aktivlaridan ham qimmatroqqa baholanyapti.
2001 yilda Inditex kompaniyasi Madrid Stock Exchange’da IPO qilganidan beri 90 yoshli Ortega deyarli 100 ta mamlakatdagi 216 ta ko‘chmas mulk obekti uchun qariyb 24 milliard dollar sarflagan. Forbes ma’lumotiga ko‘ra, bu mulklarning katta qismi hali ham uning ixtiyorida. Faqatgina 10 ta obekt qayta sotilgan. Tadbirkorning ko‘chmas mulkka yo‘naltirgan umumiy investitsiyalari Amazon asoschisi Jyeff Bezosning Blue Origin kosmik startapiga kiritgan 20 milliard dollardan ham oshadi.
Faqat o‘tgan yilning o‘zida Ortega 10 ta shahar va 8 ta mamlakatdagi yangi bitimlar uchun 3 milliard dollardan ortiq pul ishlatgan. U 7 ta ofis binosi, 2 ta mehmonxona, 2 ta sanoat hududi, hashamatli savdo markazi, ko‘p qavatli turar joy, shuningdek, Britaniyadagi yirik port operatorining 49 foiz ulushini sotib olgan. Bundan tashqari, tadbirkor 93 ming kvadrat metr ofis maydoniga ega Vansouverdagi tarixiy Canada Post binosini 850 million dollarga xarid qiladi va Amazonga ijaraga berdi.
Joriy yil 16 aprel holatiga ko‘ra, Forbes ispan tadbirkorining boyligini 139,3 milliard dollarga baholagan. U nashr tuzgan dunyoning eng boy odamlari ro‘yxatida 13-o‘rinni egallab turibdi.
Mavzuga oid
22:36 / 10.03.2026
Forbes milliarderlarning 2026 yilgi yangi reytingini e’lon qildi
22:14 / 04.02.2026
Ilon Maskning boyligi 800 milliard dollardan oshdi – Forbes
23:59 / 20.12.2025
Ilon Mask 700 mlrd dollardan ortiq boylikka ega bo‘lgan ilk insonga aylandi
15:36 / 16.12.2025