Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib, okruglar tashkil etiladi
Dastlab pilot loyiha sifatida bitta okrug tashkil etiladi. Asosiy maqsad, uning respublika dotatsiyasidan chiqib keta olish-olmasligini o‘rganishdir. Agar loyiha muvaffaqiyatli chiqsa, viloyat va tumanlar tugatilib, respublika okruglarga bo‘linadi.
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatiladi. Ularning o‘rniga 20ta okrug tashkil etiladi. Bu haqda mamlakat prezidenti Sadir Japarov ma’lum qildi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, hozirda respublikada 44 tuman va 33 shahar mavjud.
«Viloyatlar va tumanlar tugatiladi, 20ta okrug qoladi – sodda qilib tushuntirsam, 20ta viloyat bo‘ladi. Lekin bunga yana uch-to‘rt yil bor», — dedi u Novqat tumani aholisi bilan uchrashuv chog‘ida ma’muriy-hududiy islohotlarning birinchi bosqichi haqida ma’lumot berarkan.
Japarovning qayd etishicha, dastlab boshqaruv qanday amalga oshirilishini ko‘rish maqsadida ikki-uch yillik pilot loyiha sifatida bitta okrug tashkil etiladi. Asosiy maqsad, uning respublika dotatsiyasidan chiqib keta olish-olmasligini o‘rganishdir. Agar loyiha muvaffaqiyatli chiqsa, viloyat va tumanlar tugatilib, respublika okruglarga bo‘linadi.
Sadir Japarov ma’muriy-hududiy islohotlarning birinchi bosqichi muvaffaqiyatli o‘tkazilganini ta’kidladi.
Islohotlar natijasida o‘tgan ikki yil ichida mamlakatda ovul aymoqlari soni 452tadan 231taga kamaytirildi.
Mavzuga oid
20:00 / 09.06.2026
“Markaziy Osiyoda xorijiy davlatlarning harbiy bazalariga ehtiyoj qolmagan” - siyosatshunoslar
12:20 / 04.06.2026
Qirg‘iziston ilk marta BMT Xavfsizlik Kengashi tarkibiga saylandi. O‘zbekiston qardosh xalqni tabrikladi
19:57 / 30.05.2026
O‘zbekistondan Qirg‘izistonga yuborilgan 21 tonna tarvuzning ortga qaytarilishi sababi ma’lum qilindi
15:28 / 28.05.2026