Jahon | 16:47
7749
5 daqiqa o‘qiladi

Rossiya Ukraina bo‘ylab yopirilma zarba berdi – fotolar

Kiyev, Odessa va Dnipro o‘qqa tutilgan. Yil boshidan buyon kuzatilgan eng yirik hujum oqibatida 18 kishi halok bo‘lib, yana o‘nlab kishilar yaralangan.

Rossiyalik harbiylar 16 aprelga o‘tar kechasi dronlar va raketalar qo‘llagan holda Ukraina shaharlari bo‘ylab yopirilma zarba berdi. Hujumning asosiy nishonlari Kiyev, Odessa va Dnipropetrovsk oblastlari bo‘lgan.

Ukraina qurolli kuchlari havo kuchlari qo‘mondonligi so‘nggi bir kun davomida Ukraina bo‘ylab turli tipdagi 44 raketa va 659 ta dron uchirilganini ma’lum qilgan. Shundan 31 raketa va 636 dron zararsizlantirilgani ta’kidlangan. Ukraina qurolli kuchlariga ko‘ra, 12 ta raketa va 20 ta uchuvchisiz uchar qurilma nishonlarga yetib borgan, yana ta 25 lokatsiyada parchalar tushishi qayd etilgan.

Rossiyalik harbiylar tomonidan bir kun davomida uchirilgan raketa va dronlar soni 2025 yil 30 oktyabridan buyon maksimal miqdorda bo‘ldi, o‘shanda Ukraina hududlariga 52 ta raketa va 653 ta dron uchib kelgandi.

Kiyev

Kiyev prokuraturasiga ko‘ra, shaharda hujum oqibatida 17 ta ko‘p qavatli va o‘nta xususiy uy, shuningdek, mehmonxona, ofislar markazi, avtosalon, yoqilg‘i quyish stansiyasi hamda savdo markazi shikastlangan.

Shahar harbiy ma’muriyati rahbari Timur Tkachenkoning so‘zlariga ko‘ra, Podolsk rayonida ikki kishi, jumladan, 12 yoshli bola halok bo‘lgan. Obolon rayonida ham ikki kishi o‘limi ro‘yxatga olingan, ular avtosalon qo‘riqchilari edi. Shaharda jami 60 kishi yaralangan – ular orasida uch nafar politsiyachi, to‘rt nafar tibbiyot xodimi va ikki nafar xorijlik bor.

Kostiantyn Liberov / Libkos / Getty Images
Valentyn Ogirenko / Reuters / Scanpix / LETA
Valentyn Ogirenko / Reuters / Scanpix / LETA
Evgeniy Maloletka / AP / Scanpix / LETA

Dnipro shahri va oblasti

Dniproda hujum oqibatida uch ayol halok bo‘lib, yana 13 kishi shifoxonaga yotqizildi, deya ma’lum qildi hudud harbiy ma’muriyati rahbari Oleksandr Ganja. Keyinroq yaradorlardan biri shifoxonada vafot etgan. Shaharning bir necha nuqtasida yong‘inlar chiqqan: turar joylar, ofislar joylashgan binolar, garajlar va avtomobillar yongan. Dniprovsk rayonida dronlardan biri xususiy uyga kelib urilishi oqibatida 14 yoshli qiz yaralangan.

Dnipropetrovsk oblastining Nikopol rayonida yana bir kishi halok bo‘lib, uch kishi jarohat olgan.

Dnipropetrovsk Regional Military Administration / AFP / Scanpix / LETA
Dnipro Regional Military Administration / Telegram / Reuters / Scanpix / LETA
Reuters / Scanpix / LETA
Reuters / Scanpix / LETA

Odessa

Odessa oblasti harbiy ma’muriyati rahbari Oleg Kiper oblast markazida zarbalar seriyasi oqibatida to‘qqiz kishi halok bo‘lib, 23 kishi yaralangani haqida xabar qilgan.

Dronlar shahardagi bozorlardan biriga, shuningdek, Odessa portidan chiqqan yuk kemasiga hujum uyushtirgan – kemada yong‘in chiqib, ekipaj a’zolari tomonidan o‘chirilgan.

Press service of the State Emergency Service of Ukraine / Reuters / Scanpix / LETA
Press service of the State Emergency Service of Ukraine / Reuters / Scanpix / LETA
Press service of the State Emergency Service of Ukraine / Reuters / Scanpix / LETA
Press service of the State Emergency Service of Ukraine / Reuters / Scanpix / LETA

RF mudofaa vazirligi bu zarbalar «Ukrainaning Rossiya hududidagi fuqarolik obektlari bo‘ylab terrorchilik hujumlari»ga javob ekanini, bu hujumda raketa va dronlar ishlab chiqariladigan harbiy zavodlar, shuningdek, «Ukraina qurolli kuchlari manfaatlariga xizmat qiladigan» yoqilg‘i-energetika komplekslari nishonga olinganini ma’lum qildi.

Uyi vayron bo‘lib, yaqinlari vayronalar ostida qolgan erkak shunday deydi: «Ustimizga mebel quladi, xotinim va men mebellar orasida qolib ketdik va chiqishga harakat qildik. U o‘g‘liga tashlandi va „Uning boshining yarmi yo‘q“ deb qichqirdi. Keyin tomir urishini tekshirdim, Vladda ham, kelinimizda ham tomir urishi sezilmadi. Xotinim ularni chiqarib olmoqchi bo‘lganida, shift qulab tusha boshladi va men uni ko‘tarib tashqariga otildim. Keyin darhol ikkinchi takroriy zarba yetib keldi». Odessa, 2026 yil 16 aprel
Tim Melnikov
Odessada Rossiya hujumi oqibatida vayron bo‘lgan uyda yashovchi ayol, 2026 yil 16 aprel
Tim Melnikov
Азиз Қаршиев
Muallif Азиз Қаршиев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid