Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qizg‘aldoqzorni payhon qilganlar 62 mln so‘m jarimaga tortildi
Qashqadaryo viloyati Ko‘kdala tumanida bir guruh erkaklar Nexia, Damas va Cobalt avtomobillarida qiyg‘os gullagan qizg‘aldoqzorni qasddan payhon qildi.
Holat videosi internetda tarqalishi bilan, viloyat ekologiya va ichki ishlar boshqarmalari huquqbuzarlarni aniqladi. Ularning mashinalari jarima maydonchasiga joylashtirildi.
Huquqbuzarlik natijasida tabiatga 6 mln 592 ming so‘m miqdorida zarar yetkazilganligi hisoblandi.
Qolaversa, uchala huquqbuzarning har biriga bazaviy hisoblash miqdorining 50 baravaridan (20 mln 600 ming so‘mdan), jami 61 mln 800 ming so‘m jarima tayinlandi.
Huquqbuzarlar jarima va zararni birgalikda to‘lashi belgilandi, deyiladi Ekologiya qo‘mitasi xabarida.

Mavzuga oid
16:47 / 19.06.2026
Toshkent viloyatida ekologiya mas’ullariga qat’iy choralar ko‘rildi
09:53 / 19.06.2026
O‘zbekistonda urbanizatsiya darajasi 51 foizga yetdi
09:31 / 13.06.2026
Ishga kiritib qo‘yishni va’da qilgan “soxta prokuror“ ushlandi
08:31 / 10.06.2026