Jahon | 21:12 / 19.04.2026
5305
2 daqiqa o‘qiladi

Tramp Eronga ultimatum qo‘ydi

AQSh prezidentining so‘zlariga ko‘ra, Eron juda tez va oson taslim bo‘ladi.

Foto: AP

Agar Eron AQSh taklif qilayotgan kelishuvga rozi bo‘lmasa, Amerika armiyasi Erondagi barcha elektr stansiyalari va ko‘priklarni ishdan chiqaradi, deb yozdi prezident Donald Tramp Thruth Social ijtimoiy tarmog‘ida.

«Endi yaxshi bola bo‘lish yo‘q! Ular [Eron] tezda taslim bo‘ladi, oson taslim bo‘ladi va agar kelishuvni qabul qilmasalar, men uchun so‘nggi 47 yil davomida boshqa prezidentlar qilmagan, ammo qilinishi zarur bo‘lgan ishni qilish sharaf bo‘ladi. Eronning o‘lim mashinasiga barham berish vaqti keldi!» — dedi u.

Trampning qo‘shimcha qilishicha, 18 aprel kuni Eron «kelishuvni qo‘pol holda buzib» Ho‘rmuz bo‘g‘ozida o‘q uzgan.

AQSh prezidentining so‘zlariga ko‘ra, uning vakillari muzokara o‘tkazish uchun Islomobodga yo‘l olgan.

18 aprel kuni Eron Ho‘rmuz bo‘g‘ozi qaytadan yopilganini ma’lum qildi. Harbiylarning bayonotida aytilishicha, bunga Vashington va’dasiga xilof tarzda Eron portlariga kelayotgan va portlardan chiqayotgan kemalarni bloklashda davom etayotgani sabab bo‘lgan.

Дилшодбек Асқаров
Tayyorlagan Дилшодбек Асқаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid