Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiya armiyasiga yollangan o‘zbekistonliklar soni 4,8 mingdan oshdi – OAV
Umumiy hisobda Markaziy Osiyo davlatlarining 13 mingga yaqin fuqarosi Ukrainaga qarshi urushda Rossiya tomonida ishtirok etmoqda. Ularning ko‘pchiligi o‘zbekistonliklar ekani ta’kidlanyapti.
Foto: AP
Ukrainaning «Xochu jit» (Yashashni xohlayman) davlat loyihasi 2026 yil holatiga ko‘ra, Rossiya Mudofaa vazirligi bilan shartnoma imzolagan va Ukrainaga qarshi urushda ishtirok etayotgan Markaziy Osiyo davlatlarining 12 666 nafar fuqarosining shaxsiy ma’lumotlariga ega. Ushbu ma’lumotlar loyiha vakillari tomonidan «Ukraina - Markaziy Osiyo» tashabbusi so‘roviga javoban taqdim etildi.
Ro‘yxatga olingan yollanma askarlarning eng ko‘p soni O‘zbekistonga to‘g‘ri keladi - 4853 nafar. Ikkinchi o‘rinni 3407 nafar askar bilan Tojikiston egallagan. Uchinchi o‘rinda Qozog‘iston bo‘lib, u yerda 2389 kishi askarlikka yollangani aniqlangan. Keyingi o‘rinda Qirg‘iziston - kamida 1439 nafar. Eng kam ko‘rsatkich Turkmaniston fuqarolari orasida qayd etilgan - 578 nafar.
Avvalroq, 2025 yil bahori va yozida «Xochu jit» loyihasi Markaziy Osiyo davlatlaridan urushga jalb qilinganlarning nomma-nom ro‘yxatini e’lon qilgan edi. Shu vaqtda gap 5740 nafar yollanma askar haqida borgan. Shunday qilib, o‘tgan yil davomida Markaziy Osiyoning beshta respublikasidan identifikatsiya qilingan shaxslarning umumiy soni ikki baravardan ko‘proqqa oshgan.
Qayd qilish joiz, Rossiya Mudofaa vazirligi shartnoma imzolagan va Ukrainaga qarshi urushda ishtirok etayotgan Markaziy Osiyo davlatlari fuqarolari soni haqida hech qachon ma’lumot bermagan.
Ma’lumot uchun: «Xochu jit» - 2022 yilda Ukraina Mudofaa vazirligi va Bosh razvedka boshqarmasi ishtirokida tashkil etilgan davlat loyihasi. Dastur Rossiya va boshqa davlatlar harbiylariga ixtiyoriy ravishda asirga tushish imkoniyatini beradi. Ta’kidlanishicha, ularga xalqaro gumanitar huquq, jumladan, Jyeneva konvensiyalari normalariga muvofiq muomala qilish kafolatlari beriladi. Tashabbus doirasida ishonch telefoni va raqamli aloqa kanallari mavjud bo‘lib, ular orqali ishtirokchilar qanday asirga tushish bo‘yicha ko‘rsatmalarni olishi mumkin.
Mavzuga oid
20:41
Ukrainadagi urush robotlar va dronlar qarama-qarshiligiga aylanib bormoqda – OAV
16:40
Kiyevdagi terakt vaqtida politsiyachilar yosh bolani tashlab, qochib ketdi. Tafsilotlar
09:35
Ukraina Yevropani raketadan himoya tizimi yaratishga chaqirmoqda
10:34 / 19.04.2026