Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xiaomi yangi noutbuklarini sotuvga chiqardi
Xiaomi kompaniyasi yangi avlod budjet noutbuklari — Redmi Book 2026 modellarini sotuvga chiqardi. Ular ikki xil o‘lchamda bo‘lib, texnik jihatdan deyarli farq qilmaydi.
Har ikki noutbuk Intel Core Ultra 5 125H protsessorida ishlaydi va 16 GBdan 32 GBgacha LPDDR5X tezkor xotiraga ega.
14 dyuymli versiya 2880×1800 aniqlikdagi 120 Gs chastotali ekran bilan jihozlangan bo‘lib, og‘irligi 1,49 kg.
16 dyuymli model 2560×1600 aniqlikka ega va u ham 120 Gs chastotali. Og‘irligi esa 1,86 kg.
Noutbuklar ikkita USB-A 3.2 Gen 1, 3,5 mm audio tirqish, HDMI chiqishi va ikkita USB-C porti bilan jihozlangan.
Redmi Book 14 2026 narxi 16+512 GB versiyasi uchun 5499 yuan (taxminan 806 dollar)dan boshlanadi, xuddi shu xotira hajmiga ega 16 dyuymli Redmi Book 16 2026 esa 5699 yuan (taxminan 836 dollar) turadi.
Mavzuga oid
11:40 / 12.06.2026
Xiaomi Tesla va BYDʼga qarshi yangi model bilan chiqmoqchi
15:00 / 04.06.2026
Xiaomi 17T seriyasi taqdim etildi - emotsiyalar, konsertlar va shahar hikoyalarini tasvirga olish uchun smartfonlar
13:56 / 28.04.2026
Talabaga mos noutbukni qanday tanlash mumkin?
22:37 / 29.03.2026