O‘zbekiston | 17:50 / 21.04.2026
2134
1 daqiqa o‘qiladi

Etihad Airways avgustdan O‘zbekistonga muntazam parvozlarni boshlaydi

Toshkent – Abu Dabi – Toshkent yo‘nalishida aviaqatnovlar yo‘lga qo‘yiladi.

Foto: iStock

Birlashgan Arab Amirliklarining Etihad Airways aviakompaniyasi 17 avgustdan boshlab Toshkent – Abu Dabi – Toshkent yo‘nalishida muntazam aviaqatnovlarni yo‘lga qo‘yadi. Bu haqda Transport vazirligi xabar berdi.

Qayd qilinishicha, Transport vaziri o‘rinbosari Jasurbek Choriyev hamda “Etihad Airways” aviakompaniyasi bosh operatsion direktori Majid Al-Marzuqiy bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuvda ushbu kelishuvga erishildi.

Foto: Transport vazirligi

Etihad Airways - Birlashgan Arab Amirliklarining Abu-Dabida joylashgan milliy aviakompaniyasi. 2026 yilda u eng yuqori Seven-Star PLUS reytingiga ega bo‘lgan dunyodagi eng xavfsiz aviakompaniya sifatida tan olingan. Flot 130 ga yaqin samolyotdan iborat bo‘lib, tarmoq 110 dan ortiq yo‘nalishni o‘z ichiga oladi.

Сардор Юсупов
Tayyorlagan Сардор Юсупов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid