Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ayrim qarzdorliklar soddalashtirilgan tartibda undiriladi
O‘zbekistonda ayrim turdagi qarzdorliklarni undirishda soddalashtirilgan tartibni qo‘llash ko‘lami kengaytirildi.
Qonun (O‘RQ–1134-son, 2026 yil 20 aprel) bilan “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to‘g‘risida”gi qonunga tegishli o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi.
Kiritilgan o‘zgartishlarga ko‘ra, ijro ishini yuritishning soddalashtirilgan tartibi endi quyidagi qarzdorliklarni undirishga nisbatan ham tatbiq etiladi: pochta va (yoki) videokonferensaloqa xarajatlari, kommunal xizmatlar bo‘yicha qarzdorlik, ko‘p kvartirali uylar mulkdorlarining majburiy badallari yoki to‘lovlari hamda bazaviy hisoblash miqdorining 5 baravaridan oshmaydigan summalar.
Shu bilan birga, qonunda davlat ijrochisi tomonidan soddalashtirilgan tartibda qo‘llanadigan majburiy ijro choralari ham belgilandi. Xususan, undiruvni qarzdor jismoniy shaxsning bank hisobvaraqlaridagi mablag‘lariga qaratish, shuningdek, belgilangan miqdor doirasida ish haqi, pensiya, stipendiya va boshqa daromadlaridan ushlab qolish mumkin.
Biroq, yangi qo‘shimchalarga ko‘ra, mazkur majburiy ijro choralari ayrim holatlarga, jumladan, videokonferensaloqa xarajatlari, kommunal xizmatlar va ko‘p kvartirali uylar bo‘yicha majburiy to‘lovlarga nisbatan qo‘llanilmaydi.
Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kirdi.
Mavzuga oid
08:33 / 24.04.2026
Aliment qarzi bor shaxslarga ayrim bitim va xizmatlar cheklanadi
14:24 / 14.03.2026
Fermerga hisoblangan asossiz 126 mln so‘mlik qarzdorlik bekor qilindi
16:05 / 23.02.2026
MIBdan qarzdorlikni qanday tekshirish mumkin?
14:31 / 12.02.2026