Asossiz qarzdorlik holatlari yuzasidan elektr ta’minotiga kiritilgan vaqtinçalik çeklovlarni qayta körib çiqiş yuzasidan Çiqindilarni boşqariş agentligiga sörov yuborildi, deya xabar berdi Raqobat qömitasi axborot xizmati.
Qayd etilişiça, qömitaning hududiy organlariga çiqindilarni taşiş xizmatlari böyiça 2025 yil davomida 1141 ta, 2026 yilning dastlabki oylarida esa 850 dan ortiq murojaat kelib tuşgan.
«Murojaatlarda asosan çiqindilarni öz vaqtida olib ketilmasligi, xizmatlar sifati pastligi, şartnoma şartlariga amal qilinmasligi, şuningdek, xizmat körsatuvçi korxonalar tomonidan asossiz qarzdorlik hisoblanişi hamda buning oqibatida fuqarolarning elektr energiyasi tölovlariga çeklovlar qöyilgani yuzasidan haqli e’tirozlar bildirilgan», deyiladi qömita xabarida.
Örganişlar davomida ayrim hududlarda çiqindilarni olib çiqib ketişning belgilangan minimal davriyligiga amal qilinmayotgani hamda fuqarolarga asossiz qarzdorliklar hisoblanayotgani aniqlangan. Murojaatlarning asosiy qismi Namangan, Qaşqadaryo, Jizzax, Toşkent va Farğona viloyatlariga töğri keladi.
Şu munosabat bilan, iste’molçilar huquqlari va manfaatlarini himoya qiliş maqsadida Raqobat qömitasi tomonidan: çiqindilarni öz vaqtida va sifatli olib çiqib ketişni ta’minlaş, asossiz qarzdorliklar hisoblanişining oldini oliş, asossiz qarzdorlik sabab elektr energiyasi tölovlariga kiritilgan çeklovlarni qayta körib çiqiş çoralarini köriş yuzasidan Çiqindilarni boşqariş va sirkulyar iqtisodiyotni rivojlantiriş agentligiga sörov yuborilgan.
Amaldagi qonunçilikka köra, qattiq maişiy çiqindilarni olib çiqib ketiş xizmatlari belgilangan muddat va davriylikda amalga oşirilişi şart. Şuningdek, xizmat körsatilmagan yoki sifatsiz körsatilgan hollarda iste’molçi tegişli davr uçun tölovdan ozod etilişi belgilangan.
Qömita fuqarolarni xizmat sifati bilan boğliq holatlarda murojaat qilişga çaqirdi va bu yönalişdagi işlar izçil davom ettirilişini ma’lum qildi.












