Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonda aholi asosan qaysi sohalarda ishlaydi?
O‘zbekistonda band aholi asosan qishloq, o‘rmon va baliq xo‘jaligi, ishlab chiqarish sanoati hamda savdo sohalarida mehnat qilmoqda. Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, qurilish, ta’lim va boshqa xizmat ko‘rsatish yo‘nalishlari ham aholi bandligida salmoqli o‘rin egallagan.
Milliy statistika qo‘mitasi taqdim etgan ma’lumotlarga asosan, iqtisodiy faoliyat turlari kesimida eng ko‘p band aholi qishloq, o‘rmon va baliq xo‘jaligida faoliyat yuritmoqda. Ushbu sohada bandlar soni 3 million 132,6 ming nafarni tashkil etgan.
Shuningdek, boshqa turdagi xizmatlar ko‘rsatish sohasida 2 million 661,8 ming kishi ish bilan band. Ishlab chiqarish sanoatida 1 million 699,6 ming nafar, ulgurji va chakana savdo, shuningdek motorli transport vositalari va mototsikllarni ta’mirlash sohasida 1 million 507,9 ming nafar faoliyat olib bormoqda.
Qurilish sohasida 1 million 450,5 ming kishi mehnat qilsa, ta’lim tizimida 1 million 367,6 ming nafar aholi band. Sog‘liqni saqlash va ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish sohasida 719,4 ming, davlat boshqaruvi va mudofaa hamda majburiy ijtimoiy ta’minot sohasida esa 637 ming kishi faoliyat yuritmoqda.
Bundan tashqari, tashish va saqlash sohasida 584,6 ming, yashash va ovqatlanish bo‘yicha xizmatlarda 389,5 ming nafar aholi ishlaydi. Professional, ilmiy va texnik faoliyat sohasida 152,6 ming, axborot va aloqa sohasida 108,8 ming, moliyaviy va sug‘urta faoliyatida esa 82,9 ming kishi band ekani qayd etilgan.
Shu bilan birga, elektr, gaz, bug‘ bilan ta’minlash va havoni konditsiyalash sohasida 70,7 ming, ko‘chmas mulk bilan operatsiyalarda 67,8 ming, san’at, ko‘ngil ochish va dam olish sohasida 66,9 ming, tog‘-kon sanoati va ochiq konlarni ishlash sohasida 66,7 ming, suv bilan ta’minlash va chiqindilarni utilizatsiya qilish sohasida esa 52,8 ming kishi mehnat qilmoqda.
Ushbu raqamlar mamlakat mehnat bozorida qishloq xo‘jaligi, sanoat, savdo va xizmat ko‘rsatish sohalari yetakchi o‘rin tutayotganini ko‘rsatadi.
Mavzuga oid
08:04 / 04.04.2026
Eng yirik iqtisodiyotlarda aholi jon boshiga YaIM o‘sishi - infografika
07:36 / 25.02.2026
Qaysi davlatlarda aholi poytaxtda jamlangan? (Xarita)
12:50 / 29.01.2026
O‘zbekiston aholisi 38,2 milliondan oshdi
07:34 / 28.01.2026