Texnologiya | 18:51 / 23.04.2026
3492
2 daqiqa o‘qiladi

Uyquda bosh holatini o‘zi o‘zgartiradigan Mirukuru yostig‘i taqdim etildi

Gadjet deyarli shovqinsiz ishlaydi va mobil ilovani o‘rnatishni talab qilmaydi.

Foto: kickstarter.com

Yaponiyaning TVC startapi bo‘yinning ertalabki qotib qolishi va og‘rishi muammosini hal qilishga mo‘ljallangan noyob yostiq - Mirukuru Pillow’ni taqdim etdi. Yangilik oltita ichki havo kameralari bilan jihozlangan bo‘lib, ular tun davomida asta-sekin shishadi va dami chiqadi. Bu esa uxlayotgan kishining boshini bilinar-bilinmas siljitadi, natijada bosim nuqtalari o‘zgaradi va mushaklarda dimlanishning oldi olinadi.

Gadjet yaratuvchisi Yukixiro Takenouchi, Yaponiyadagi eng yirik Rirakuru massaj salonlari tarmog‘i asoschisi, mijozlarni ko‘p yillik kuzatuvlardan so‘ng ushbu yangilik haqida o‘yladi. Uning ta’kidlashicha, sifatli massajdan keyin ham odamlar ertalab uyqu paytida harakatsizlik tufayli bosh og‘rig‘idan shikoyat qiladi.

Mirukuru Pillow foydalanish uchun juda oson: uning mobil ilovasi yoki murakkab sozlamalari yo‘q. Butun boshqaruv tashqi kontrollerga chiqarilgan bo‘lib, uni tumbochka ustiga qo‘yish mumkin, yostiqning o‘zi esa unga ingichka naycha bilan ulangan. Tizimni ishga tushirish uchun uyqu oldidan bitta tugmani bosish kifoya.

Ishlab chiquvchilar qulaylikka alohida e’tibor qaratishgan. Pnevmatika juda shovqinsiz ishlaydi, shuning uchun havo kameralarining harakatlari na egasini, na yonida uxlayotgan odamni uyg‘otmaydi. Yostiqning og‘irligi taxminan 4,2 kg bo‘lib, bu uning to‘shakda barqarorligini ta’minlaydi.

Loyiha allaqachon Kickstarter kraudfanding platformasida zarur mablag‘ni to‘plagan. Birinchi yostiqlar shu yil yozida yetkazib beriladi va dastlabki xaridorlar uchun narx 261 dollarni (≈3,1 mln so‘m) tashkil etadi.

Сардор Юсупов
Tayyorlagan Сардор Юсупов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid