Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Britaniya qiroli 2007 yildan beri birinchi marta AQShga tashrif buyurdi
Charlz III tashrif davomida Donald Tramp bilan uchrashadi. Tadbir Angliya-Amerika munosabatlaridagi jiddiy inqiroz davrida yuz bermoqda.
Foto: Henry Nicholls / POOL / AFP via Getty Images
Qirol Charlz III va qirolicha Kamilla 27 aprel kuni AQShga tashrif buyurdi. Bu Britaniya monarxining 2007 yildan beri birinchi tashrifi, deb xabar berdi BBC.
Qirol va qirolichani hukumat delegatsiyasi, Buyuk Britaniyaning AQShdagi elchisi Kristian Tyorner va Oq uy protokol bo‘limi rahbari Monika Krouli kutib oldi.
Keyin ularni Oq uyda AQSh prezidenti Donald Tramp va birinchi xonim Melaniya Tramp qabul qildi. U yerda shaxsiy choy ichish marosimi bo‘lib o‘tdi, shundan so‘ng Britaniya qirollik juftligi va AQSh prezidenti va birinchi xonim Vashingtondagi Britaniya elchisining qarorgohi bog‘ida keng doiradagi mehmonlar bilan qabul marosimida ishtirok etishdi. Oxirgi marta bunday qabul Vashingtondagi bog‘da 1939 yilda qirol Jorj VI va qirolicha Yelizaveta ishtirokida o‘tkazilgan.
Tashrif munosabati bilan xavfsizlik masalalari bo‘yicha qo‘shimcha muzokaralar o‘tkazildi. Chunki shanba kuni AQSh prezidenti Donald Tramp va uning ma’muriyatining boshqa a’zolari ishtirok etgan Oq uy muxbirlari assotsiatsiyasining kechki ovqati paytida otishma sodir bo‘lgan edi. Biroq Bakinghem saroyi tashrif dasturi deyarli o‘zgarishsiz qolishini ma’lum qildi. Tramp qirol «mutlaq xavfsizlikda» bo‘lishini aytdi.
Ta’kidlanishicha, davlat tashrifi Angliya-Amerika munosabatlaridagi jiddiy inqiroz davrida yuz bermoqda. O‘tgan hafta Tramp ushbu tashrif «shubhasiz» mamlakatlarga munosabatlarni yaxshilashga yordam berishi mumkinligini aytgan edi.
28 aprel kuni Charlz III Kongress oldida nutq so‘zlaydi. Bu tarixdagi ikkinchi shunday nutq bo‘ladi: birinchisini 1991 yilda Qirolicha Yelizaveta II Kongressda so‘zlagan. Shundan so‘ng, u va Kamilla Nyu-Yorkka jo‘nab ketadi, u yerda 11 sentabr teraktida halok bo‘lganlar xotirasiga bag‘ishlangan tadbir rejalashtirilgan.
Qirollik ishlari bo‘yicha sharhlovchi Kerolin Astonning so‘zlariga ko‘ra, saraton kasalligidan davolanishda davom etayotgan qirol uchun bu davlat tashrifi jismoniy va ruhiy jihatdan qiyin sinov bo‘ladi. Qirol 77 yoshda, u Britaniya taxtiga o‘tirgan eng keksa odamga aylandi, deb qo‘shimcha qildi Aston.
Tashrif dasturida nimalar kutilmoqda?
Seshanba kuni Oq uyda qirollik juftligini rasmiy kutib olish marosimi bo‘lib o‘tadi. AQSh dengiz piyodalari orkestri har ikki davlat madhiyalarini ijro etadi, prezident tantanali batareyasi esa 21 ta to‘pdan salyut beradi.
Oq uyning janubiy maysazorida minglab mehmonlar to‘planadi: AQSh hukumati a’zolari, kongressmenlar, harbiylarning oila a’zolari, Vashingtondagi Britaniya xalqaro maktabi talabalari. Donald Tramp nutq so‘zlaydi.
Shundan so‘ng qirol va Tramp ikki tomonlama uchrashuv o‘tkazadi.
Qirolicha va birinchi xonim virtual reallik va sun’iy intellekt shlemi yordamida AQSh va Britaniya tarixi darslarini tomosha qiladigan va tinglaydigan amerikalik talabalar ishtirokidagi tadbirga tashrif buyuradi.
Seshanba kuni qirol Charlz III AQSh Kongressida nutq so‘zlaydi. Kechqurun mehmonlar sharafiga kechki ovqat marosimi o‘tkaziladi. Unda qirol Charlz III va prezident Tramp ham nutq so‘zlaydi.
Mavzuga oid
19:54
AQSh zarbxonasida Kolumbiya kartellariga tegishli oltin topildi
11:34
“Imperiyalar qabristoni” – nega yirik davlatlar Afg‘onistonni bo‘ysundira olmagan?
22:54 / 27.04.2026
Aroqchi Putinga AQSh bilan muzokaralarga nima to‘sqinlik qilayotganini aytdi
22:19 / 27.04.2026