O‘zbekiston | 17:47
1545
1 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekiston tumaniga yangi hokim tayinlandi

Rasuljon Jo‘rayev Farg‘ona viloyati O‘zbekiston tumani hokimi etib tayinlandi. Tayinlovga qadar u Beshariq tumani hokimi lavozimida faoliyat yuritib kelayotgan edi.

Foto: Beshariq tumani hokimligi

Farg‘ona viloyati O‘zbekiston tumaniga Rasuljon Jo‘rayev hokim etib tayinlandi. Bu haqda O‘zA xabar qildi.

U 1973 yilda Rishton tumanida tug‘ilgan. 2000 yilda Toshkent irrigatsiya va kishlok xo‘jaligini mexanizatsiyalashtirish muxandislar institutini tugatgan.

2017 yildan buyon Farg‘ona viloyatining Beshariq tumanini boshqarib kelayotgandi.

U O‘zbekiston tumaniga 2025 yil martidan buyon rahbarlik qilib kelgan Ravshanbek Begmatov o‘rnini egalladi.

Азиз Қаршиев
Tayyorlagan Азиз Қаршиев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid