Biznes | 23:36 / 29.04.2026
2989
2 daqiqa o‘qiladi

AQShda «opium epidemiyasi»ga sabab bo‘lgan farmatsevtika kompaniyasi yopiladi

AQSh federal sudi Purdue Pharma farmatsevtika kompaniyasini «opium epidemiyasi»da o‘ynagan roli uchun qo‘shimcha 5,5 milliard dollar jarimaga tortdi. Shu bilan birga, kompaniya joriy yilning 1 may kuni o‘z faoliyatini tugatishini e’lon qildi.

Foto: George Frey/Bloomberg via Getty Images

2020 yilda kompaniya o‘zining OxyContin og‘riq qoldiruvchi dori vositasi sotuvini ko‘paytirish maqsadida federal tartibga soluvchi organlarni aldaganlikda va shifokorlarga pora berganlikda aybdor deb topildi. Bu dori tarkibida narkotik moddalar bo‘lgan. Bu summa sud tomonidan kompaniya AQSh federal va mahalliy hukumati bilan kelishuvga ko‘ra to‘lashga rozi bo‘lgan 7,4 milliard dollarga qo‘shimcha ravishda tayinlandi.

«Opium epidemiyasi» bilan bog‘liq janjal 2018 yilda boshlangan. Rasmiylarning opioid analgetiklarning tarqalishini nazorat qilishdagi sustligi va farmatsevtlar tomonidan yetarlicha ogohlantirishlar yo‘qligi sababli, AQShda 1990-yillarning oxiridan boshlab, bunday dorilarni iste’mol qilish keskin oshdi. 1950-yillarda aka-uka Sakler tomonidan tashkil etilgan va OxyContin preparatini ishlab chiqargan Purdue Pharma sanoat yetakchilaridan biriga aylandi. 2019 yilda ko‘plab shtatlar hukumati kompaniyaga da’vo qilganidan so‘ng, u bankrotlik to‘g‘risida ariza berdi.

Sud qaroriga izoh berar ekan, kompaniya joriy yilning 1 may kuni faoliyatini to‘xtatishi va deyarli barcha aktivlari faoliyati «opioid epidemiyasi» oqibatlariga qarshi kurashishga qaratilgan yangi tashkil etilayotgan Knoa Pharma LLC kompaniyasiga o‘tkazilishini ma’lum qildi.

Сардор Юсупов
Tayyorlagan Сардор Юсупов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid