O‘zbekiston | 21:57 / 03.05.2026
5930
1 daqiqa o‘qiladi

Kuchli yomg‘irlar “Chorsu” metro bekati faoliyatiga ta’sir ko‘rsatmadi - FVV

Suv to‘planishining oldini olish maqsadida Toshkent shahar Favqulodda vaziyatlar bosh boshqarmasi kuch va vositalari jalb etilgan.

Foto: Videodan kadr

Ijtimoiy tarmoqlarda kuchli yomg‘ir natijasida suv oqimlari “Chorsu” metro bekati tomon oqib kelayotgani aks etgan kadrlar tarqaldi.

Favqulodda vaziyatlar vazirligining ta’kidlashicha, suvning katta qismi irrigatsiya-drenaj tizimi orqali tabiiy ravishda chiqib ketgan.

Suv to‘planishining oldini olish maqsadida Toshkent shahar Favqulodda vaziyatlar bosh boshqarmasi kuch va vositalari jalb etilgan.

“Ayni vaqtda metro bekati shtat rejimida ishlamoqda, poyezdlar belgilangan jadval asosida harakatlanmoqda”, deyiladi vazirlik xabarida.

Avvalroq Toshkent shahar hokimligi poytaxt aholisi va mehmonlarini noqulay ob-havo sharoitida ehtiyotkor bo‘lishga chaqirgandi.

Дилшодбек Асқаров
Tayyorlagan Дилшодбек Асқаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid