Jahon | 15:10 / 05.05.2026
5018
3 daqiqa o‘qiladi

CBS: Eron Ho‘rmuz bo‘g‘ozida Amerikaning ikki esminetsiga hujum qildi

Foto: CBS News

AQSh harbiy-dengiz kuchlarining «Trakston» (USS Truxtun) va «Meyson» (USS Mason) nomli eskadron mina tashuvchilari Ho‘rmuz bo‘g‘ozida eronlik harbiylar hujumiga uchradi. Bu haqda AQSh qurolli kuchlaridagi manbalar CBS News’ga ma’lum qilishgan.

Nashr suhbatdoshlarining so‘zlariga ko‘ra, ushbu kemalarga Eron kateri, raketalari va dronlari muvofiqlashtirilgan tarzda hujum qilishgan. Hujum shiddatli tus olganiga qaramay, esminetslar shikastlanmagan.

Suhbatdoshlar AQSh harbiy-dengiz kuchlari kemalari Apache vertolyotlari hamrohligida Ho‘rmuz bo‘g‘ozidan muvaffaqiyatli o‘tib, Fors ko‘rfaziga chiqqan.

Amerika harbiy kemalarining Fors ko‘rfaziga o‘tishi – AQSh prezidenti Donald Tramp ma’muriyatining «Ozodlik loyihasi» nomli yangi tashabbusining bir qismi bo‘lib, uning doirasida AQSh floti Ho‘rmuz bo‘g‘ozida qolib ketgan tijoriy kemalarni xavfsiz olib chiqishni rejalashtirgan.

AQSh markaziy qo‘mondonligi oldinroq Amerika harbiylari Eron tomonidan Ho‘rmuz bo‘g‘ozi orqali o‘tayotgan AQSh harbiy kemalari hamda savdo kemalariga qarata uchirgan raketa va dronlarni urib tushirganini xabar qilgandi. Shuningdek, markaziy qo‘mondonlik rahbari, admiral Bred Kuper Eronning yettita kateri yo‘q qilinganini ma’lum qilgan. Boshqa tafsilotlar keltirilmagan.

Erondagilar «Ozodlik loyihasi» amaliyoti o‘t ochishni to‘xtatish tartibini buzish deb hisoblanishi va bo‘g‘ozga kiradigan Amerika kemalariga hujum qilinishidan ogohlantirgan. Tramp esa bunga javoban agar eronliklar ushbu amaliyotda ishtirok etayotgan Amerika kemalariga hujum qiladigan bo‘lsa, Eronni «yer yuzidan supurib tashlash» bilan tahdid qilgan. 

Eron mart oyi boshidayoq Ho‘rmuz bo‘g‘ozini kemalar harakati uchun yopib qo‘ygan, bu esa dunyoda neft narxi keskin ko‘tarilishiga olib kelgan. Urushga qadar jahonda tashiladigan neftning 20 foiz qismi Ho‘rmuz bo‘g‘ozi orqali o‘tgan.

Азиз Қаршиев
Tayyorlagan Азиз Қаршиев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid