Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonda mol go‘shti narxi jahon narxlari bilan taqqoslandi
Mamlakat 101 ta davlat ichida 66-o‘rinni egalladi.
Foto: Kun.uz
O‘zbekiston mol go‘shti nisbatan arzon mamlakatlar ro‘yxatiga kirdi. Bu Numbeo portali ma’lumotlaridan oydinlashmoqda.
5 may kuni yangilangan reytingda 101 ta davlat ishtirok etgan. O‘zbekiston mol go‘shtining bir kilogrammi 10,86 dollar (≈130 ming so‘m) narx bilan 66-o‘rinni egalladi. Shu bilan birga, O‘zbekistonda go‘sht possovet hududining boshqa mamlakatlariga qaraganda qimmatroq, masalan, Ozarboyjon (10,53 dollar), Belarus (9,25 dollar), Qozog‘iston (8,72 dollar).
Portal ma’lumotlariga ko‘ra, eng qimmat mol go‘shti Shveytsariya (45,58 dollar), Norvegiya (32,89 dollar) va Lyuksemburgda (27,65 dollar) sotiladi. Umuman olganda, aksariyat rivojlangan mamlakatlarda go‘sht O‘zbekistonga qaraganda 3-4 baravar qimmatroq. Reytingning dastlabki 15 ta qatorini mol go‘shti 20 dollardan qimmat bo‘lgan davlatlar egallagan. Bular Yevropa davlatlarining bir qismi (Germaniya, Shvetsiya, Fransiya, Finlyandiya, Avstriya, Italiya, Belgiya va boshqalar), shuningdek, Isroil, Janubiy Koreya va Singapurdir.
Reytingga ko‘ra, mol go‘shti eng arzon davlatlar – Pokiston (4,68 dollar), Nigeriya (4,73 dollar) va Keniya (5,23 dollar).
Numbeo - bu foydalanuvchilar tomonidan yaratilgan ma’lumotlar bazasi bo‘lib, u dunyoning turli shaharlari va mamlakatlarida yashash narxi haqidagi raqamlarni to‘playdi va e’lon qiladi. Xizmat asosan foydalanuvchilarning o‘z ma’lumotlaridan, shuningdek, qisman rasmiy statistikadan foydalanadi. Shuning uchun reytingdagi raqamlar vaziyat haqida umumiy tasavvur beradi, lekin har doim ham aniq bo‘lavermaydi.
Mavzuga oid
17:56 / 16.01.2026
O‘zbekiston yashash uchun eng arzon davlatlar qatoriga kirdi
18:30 / 16.12.2025
Qozog‘istonda mol go‘shti eksporti cheklandi
17:58 / 01.11.2025
O‘zbekiston aholisi oziq-ovqatga daromadining 1/3 qismini sarflamoqda – tahlil
20:31 / 16.07.2025