Qozoğistonda 31 dekabrgaça mol göştini eksport qiliş böyiça kvota joriy etildi. Çeklovlar yangi, sovutilgan va muzlatilgan qoramol göştiga taalluqli. Kvotaning umumiy hajmi 13 ming tonnani taşkil etadi. Uşbu qoidalar göştni YeOII mamlakatlariga ham, uçinçi mamlakatlarga ham eksport qilişga taalluqli.
Qişloq xöjaligi vazirligida kvotalar joriy etilişi va göşt eksporti ustidan nazorat örnatilişi «içki bozorda göşt taqçilligiga yöl qöymaslik va mol göşti narxini barqarorlaştiriş» uçun zarur çora sifatida körilmoqda.
«Joriy etilgan yondaşuv oligopoliyani şakllantiriş yoki raqobatni çeklaşga qaratilgan emas. Aksinça, uning maqsadi töliq tarmoq sikliga asoslangan mol göşti işlab çiqarişning sivilizatsiyalaşgan, şaffof va mas’uliyatli modelini şakllantirişdir», dedi Qozoğiston qişloq xöjaligi vaziri Aydarbek Saparov.
Vazirning ta’kidlaşiça, yangi çoralar mayda qassobxonalarga qöşni davlatlarga çorva mollarini qayta sotiş imkonini bermaydi. Ilgari kompaniyalar hayvonlarni sotib olib, bördoqiga boqmasdan, şu jumladan Özbekistonga ham olib ketgan. Bu bozorni buzgan va mamlakat içida mol göşti narxining oşişiga olib kelgan.
«Şunday qilib, kvotalaşni joriy etiş çorva mollarini köpaytiriş va bördoqiga boqiş bilan şuğullanmaydigan, faqat hayvonlarni qayta sotadigan eksport vositaçilarini çiqarib taşlaşga qaratilgan. Ularning faoliyati mol göşti narxining asossiz ösişiga olib kelmoqda va sohani rivojlantirişga hissa qöşmayapti», deyiladi xabarda.

















