Özbekistonda oziq-ovqatga oila budjetining qariyb uçdan bir qismi - 30 foizi sarflanadi, bu esa oziq-ovqatni mintaqaning barça mamlakatlari orasida qimmat xarajat turiga aylantiradi. Bu haqda Numbeo ma’lumotlari dalolat bermoqda.

Qayd qilinişiça, Özbekistonda 4 tört kişilik oilaning bir oylik hisoblangan xarajatlari ijara haqini hisobga olmaganda qariyb 21 mln sömni taşkil etadi. Bir kişi uçun taxminiy oylik xarajatlar ijara tölovisiz 5,6 mln sömni taşkil etadi. Özbekistonda yaşaş narxi AQŞga nisbatan örtaça 60,6 foizga past. Özbekistonda ijara haqi AQŞga nisbatan örtaça 68,9 foizga past.

Numbeo platformasi ma’lumotlariga köra, MDH mamlakatlari aholisining xarajatlari tarkibi şuni körsatadiki, oila budjetining asosiy qismi oziq-ovqat va uy-joyga sarflanadi.

Uşbu mamlakatlarda xarajatlarning asosiy qismi muhim ehtiyojlar - oziq-ovqat va uy-joyga yönaltiriladi. Kiyim-keçak, transport, sport va köngiloçar maşğulotlarga esa ança kam mablağ sarflanayotgani hududdagi oilalar hayotiy ehtiyojlarni qondirişga köproq majbur bölayotganidan dalolat beradi.

Tojikistonda oziq-ovqat xarajatlari mintaqada eng yuqori - budjetning 37,1 foizi, bu esa oziq-ovqatni xarajatlarning asosiy qismiga aylantiradi.

Qirğiziston va Qozoğistonda ham manzara öxşaş: oziq-ovqat va uy-joyga budjetning deyarli yarmi töğri keladi. Qirğizistonda ovqatlaniş 28,5 foizni, uy-joy ijarasi 25,9 foizni, Qozoğistonda esa bu körsatkiçlar mos ravişda 29,6 foiz va 23,3 foizni taşkil etadi. Ikki mamlakatdagi restoranlarga budjetning 15 dan 18 foizigaça, transportga - taxminan 10-14 foiz, kommunal xizmatlarga - köpi bilan 5 foiz sarflanadi.

Turkmaniston va Özbekistonda ham oziq-ovqat va uy-joy xarajatlari yetakçi örinlarni egallaydi - mos ravişda 35,1 va 30 foiz. Biroq, Turkmanistonda kommunal tölovlar uluşi (12,8 foiz), Özbekistonda esa sport va dam oliş xarajatlari (7,2 foiz) yuqori bölib, bu Markaziy Osiyodagi eng yuqori körsatkiçdir.

Agar MDH boşqa mamlakatlari bilan taqqoslaydigan bölsak, xarajatlar tarkibi öxşaşligiça qoladi. Rossiyada ovqatlaniş 29 foiz, uy-joy ijarasi 21,8 foiz, restoranlar 17,6 foizni taşkil etadi. Belarusda bu uluşlar mos ravişda 29,3 foiz, 22,9 foiz va 19,2 foizni taşkil etadi.

Ozarboyjon va Armanistonda ham oziq-ovqat, ijara va restoranlar asosiy xarajatlar bölib qolmoqda - ular birgalikda oila budjetining 60 foizdan ortiğini taşkil etadi.