Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Turkiya o‘zining qit’alararo raketasini taqdim etdi
Raketa 9-25 Max tezlikni rivojlantirish imkoniyatiga ega. Qayd etilishicha, bunday xususiyatlar unga mavjud havo va raketaga qarshi mudofaa tizimlarini yengib o‘tish imkonini beradi.
Foto: AP
Turkiya Milliy mudofaa vazirligi Istanbulda bo‘lib o‘tayotgan SAHA-2026 xalqaro mudofaa, aviatsiya va kosmik sanoat ko‘rgazmasida «Yildirimhan» qit’alararo raketasini taqdim etdi.
Anadolu Agency xabariga ko‘ra, raketa vazirlik ilmiy-tadqiqot markazi tomonidan yaratilgan va mudofaa mahsulotlarining yangi namunalari taqdimoti doirasida namoyish etilgan.
Tadbirda milliy mudofaa vaziri Yashar Guler ishtirok etdi. U o‘z nutqida ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar mamlakat va uning qahramon armiyasiga omad va muvaffaqiyat olib kelishiga umid bildirdi.

Taqdimotdan so‘ng vazir boshqa harbiy ishlanmalar qatorida «Yildirimhan» qit’alararo ballistik raketasi namoyish etilgan ekspozitsiyani ochdi.
E’lon qilingan ma’lumotlarga ko‘ra, raketa 9-25 Max tezlikni rivojlantirish imkoniyatiga ega. Qayd etilishicha, bunday xususiyatlar unga mavjud havo va raketaga qarshi mudofaa tizimlarini yengib o‘tish imkonini beradi.
Raketa azot tetraoksidi asosidagi suyuq yoqilg‘idan foydalanadi va to‘rtta raketa dvigateli bilan jihozlangan. Ma’lum qilinishicha, u taxminan 3000 kg og‘irlikdagi jangovar kallakni ko‘tara oladi.
Mavzuga oid
09:39
Xalqaro qidiruvdagi Turkiya fuqarosi Perudan O‘zbekistonga olib kelindi
07:44 / 05.05.2026
Turkiyada yashash ruxsatnomasi uchun to‘lov miqdori oshgani rad etildi
19:44 / 25.04.2026
AQSh–Eron urushi fonida Turkiya nega asabiylashmoqda?
18:07 / 25.04.2026