O‘zbekiston | 09:39
3365
2 daqiqa o‘qiladi

Xalqaro qidiruvdagi Turkiya fuqarosi Perudan O‘zbekistonga olib kelindi

U O‘zbekistonda o‘ta yirik miqdordagi firibgarlikni sodir etgani uchun qidiruvga berilgan bo‘lgan.

Foto: IIV

O‘zbekiston Interpol milliy markaziy byurosi xalqaro qidiruvdagi shaxsni ekstraditsiya qildi. Bu haqda Ichki ishlar vazirligi xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, Interpol kanallari orqali qidiruvga berilgan shaxs Perudan O‘zbekistonga olib kelingan. U Turkiya fuqarosi bo‘lgan hamda O‘zbekistonda o‘ta yirik miqdordagi firibgarlikni sodir etgani uchun qidiruvga berilgan.

Qidiruvdagi shaxs Interpolning O‘zbekiston hamda Peru Milliy markaziy byurolarining muvofiqlashtirilgan harakatlari, shuningdek, O‘zbekiston Bosh prokuraturasi Xalqaro-huquqiy departamenti va Peru Adliya vazirligining faol ko‘magida qo‘lga olingan. Ekstraditsiya Toshkent va Lima Milliy markaziy byurolari xodimlarining hamkorlikdagi tezkor-qidiruv tadbirlari hamda ekstraditsiya jarayonida tranzit o‘tgan Fransiya va BAA vakolatli organlarining xalqaro huquq doirasida ko‘rsatgan yordami tufayli amalga oshirilgan.

Ekstraditsiya qilingan shaxs keyingi protsessual harakatlarni o‘tkazish hamda O‘zbekiston qonunchiligiga muvofiq jinoiy javobgarlikka tortish uchun Interpol milliy markaziy byurosi va Bosh prokuratura xodimlari hamrohligida O‘zbekistonga olib kelingan.

Avvalroq xalqaro qidiruvdagi shaxs Gruziyadan O‘zbekistonga ekstraditsiya qilingandi.

Руслан Сабуров
Tayyorlagan Руслан Сабуров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid