O‘zbekiston | 17:00
639
2 daqiqa o‘qiladi
Reklama

Xalq banki Mastercard bilan strategik hamkorlikni kuchaytirdi

Samarqandda o‘tkazilgan Osiyo taraqqiyot bankining 59-yillik yig‘ilishi doirasida Xalq banki xalqaro moliya va texnologiya sohasidagi yirik hamkorlar bilan aloqalarni yangi bosqichga olib chiqdi. Forum doirasida bank Mastercard bilan strategik hamkorlik memorandumini imzoladi.

Ushbu kelishuv O‘zbekiston moliya ekotizimida raqamli xizmatlarni kengaytirish va innovatsion yechimlarni joriy qilishga qaratilgan.

Mastercard’ning Sharqiy Yevropa mamlakatlari bo‘yicha direktori Yasemin Bedir mazkur hamkorlikka yuqori baho berdi. Uning ta’kidlashicha, Samarqandda o‘tayotgan Osiyo taraqqiyot bankining yillik forumida ishtirok etish kompaniya uchun katta sharaf hisoblanadi.

 

“Bugun biz Xalq banki bilan o‘zaro anglashuv memorandumini imzoladik. Ushbu hujjat hamkorligimizning yangi bosqichga chiqqanini aks ettiradi hamda yangi portfellarni shakllantirish, moliyaviy mahsulotlarni yanada chuqur joriy etish va raqamlashtirish jarayonlarini rivojlantirish uchun mustahkam asos yaratadi”, - dedi u.

Hamkorlik doirasida “Xalq Card” nomi ostida yangi avlod chakana moliyaviy mahsulotini ishlab chiqish rejalashtirilgan. Bank ma’lumotiga ko‘ra, mazkur karta bozor tahlili va mijozlar ehtiyojlari asosida shakllantiriladi hamda har bir foydalanuvchi uchun individual moliyaviy takliflarni o‘z ichiga oladi.

Shuningdek, Mastercard bilan birgalikda sun’iy intellekt asosidagi zamonaviy kredit skoring tizimini joriy etish ham ko‘zda tutilgan. Yangi texnologiya kredit berish qarorlarini qisqa vaqt ichida yuqori aniqlik bilan qabul qilish, ma’lumotlarga asoslangan kreditlash amaliyotini kengaytirish va moliyaviy xizmatlar ommabopligini oshirish imkonini beradi.

Xalq banki mazkur kelishuvni bankning xalqaro moliya bozoridagi pozitsiyasini mustahkamlash, raqamli transformatsiyani tezlashtirish va mamlakat aholisi uchun yangi avlod moliyaviy xizmatlarini taqdim etish yo‘lidagi muhim qadam sifatida baholamoqda.

 
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid