O‘zbekiston | 08:49
2773
1 daqiqa o‘qiladi

Toshkentda kuchli yomg‘irdan keyin daryoda qolib ketgan baliqchi qutqarildi

Toshkentda kuchli yomg‘irlar oqibatida Chirchiq daryosida suv sathi keskin ko‘tarilib, baliq ovlash uchun borgan fuqaro orolchada qolib ketdi. Qutqaruvchilarning tezkor harakati tufayli uning hayoti saqlab qolindi.

Foto: Videodan kadr

11 mayga o‘tar kechasi Toshkent shahar Favqulodda vaziyatlar bosh boshqarmasining navbatchilik qismiga Yangihayot tumani hududidan oqib o‘tuvchi Chirchiq daryosida fuqaro yordamga muhtoj ekani haqida xabar kelib tushgan.

Ma’lum bo‘lishicha, B.M. ismli fuqaro baliq ovlash maqsadida daryo o‘rtasidagi orolchalardan biriga chiqqan. Biroq kuchli yomg‘ir sabab suv sathi tez ko‘tarilib, u xavfsiz hududga mustaqil qaytib chiqa olmay qolgan.

Hodisa joyiga zudlik bilan yetib borgan Toshkent shahar FVB qutqaruvchilari maxsus qutqaruv ishlarini amalga oshirib, fuqaroni xavfsiz hududga olib chiqqan.

Hodisa oqibatida hech kim jabrlanmagan.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid