Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Chegara orqali narkotik tashish bilan shug‘ullangan guruh fosh etildi
Andijon viloyatida Qirg‘izistondan giyohvandlik vositalarini kontrabanda yo‘li bilan olib kirish va tarqatish bilan shug‘ullangan jinoiy guruh faoliyatiga chek qo‘yildi. Sud hukmiga ko‘ra, guruh a’zolari 8 yildan 11 yilgacha ozodlikdan mahrum etildi.
Foto: Videodan kadr
Ma’lum qilinishicha, 2025 yil avgust oyida Davlat xavfsizlik xizmati Chegara qo‘shinlari hamda ichki ishlar va bojxona idoralari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida Andijon viloyati Paxtaobod tumanida harakatlanayotgan “Matiz” rusumli avtomashina to‘xtatib tekshirilgan.
Tekshiruv jarayonida avtomashinada muqaddam giyohvandlik vositalari savdosi bilan bog‘liq jinoyati uchun sudlangan 1984 yilda tug‘ilgan shaxsga tegishli 1 kilogramm 976 gramm “gashish” moddasi hamda elektron tarozi borligi aniqlangan.
Shuningdek, u jinoiy guruh yetakchisi ekani ma’lum bo‘lib, uning yashash manzilidan yana 2 kilogramm 236 gramm “gashish” moddasi topilgan.
Tezkor tadbirlar davomida guruhning 1975, 1976 va 1993 yillarda tug‘ilgan yana 3 nafar a’zosi ushlanib, ulardan jami 391 gramm “gashish” va 542 gramm marixuana ashyoviy dalil sifatida olingan.
Tergovda ma’lum bo‘lishicha, jinoiy guruhning boshqa a’zolari Qirg‘izistondagi narkosavdogarlardan giyohvandlik vositalarini qabul qilib olish, chegaradan o‘tkazish va belgilangan manzilga yetkazib berish bilan shug‘ullangan.
Aniqlanishicha, jinoiy guruh faoliyati davomida jami 10 kilogrammga yaqin “gashish” moddasini noqonuniy aylanmaga kiritgan.
Jinoyat ishlari bo‘yicha Izboskan tuman sudi hukmiga ko‘ra, ayblanuvchilar Jinoyat kodeksining 246- va 273-moddalari bilan aybli deb topilib, 8 yildan 11 yilgacha muddatga ozodlikdan mahrum qilingan.
Mavzuga oid
18:42 / 08.05.2026
O‘zbekiston, Qozog‘iston va Qirg‘iziston sug‘orish suvini yetkazish jadvalini kelishib oldi
13:35 / 07.05.2026
Andijonda Davaktiv va HET xodimi pora olishda gumonlanib ushlandi
07:40 / 07.05.2026
Qirg‘iz-tojik-o‘zbek chegarasidagi «Do‘stlik» xalqaro savdo-iqtisodiy parki konsepsiyasi taqdim etildi
16:34 / 04.05.2026