O‘zbekiston | 20:16 / 12.05.2026
3632
1 daqiqa o‘qiladi

Mudofaa vazirligida tayinlovlar amalga oshirildi

Bahrom Urmanov va Mirsaid Shukurov yangi lavozimlarda ish boshlaydi.

Prezidentning qaror va farmoyishi bilan Mudofaa vazirligida tayinlovlar amalga oshirildi. Bu haqda 12 may kuni vazirlik axborot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, polkovnik Bahrom Bahodirovich Urmanov mudofaa vazirining raqamlashtirish, sun’iy intellekt va kiberxavfsizlik bo‘yicha o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi. Bunga qadar u Qurolli Kuchlar bosh shtabi Aloqa, axborot texnologiyalari va axborotlarni himoyalash bosh boshqarmasi boshlig‘i lavozimida ishlagan.

Bahrom Bahodirovich Urmanov

Polkovnik Mirsaid Tagirovich Shukurov Janubi-g‘arbiy maxsus harbiy okrug Janubiy operativ qo‘mondonligi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.

Mirsaid Tagirovich Shukurov
Сардор Юсупов
Tayyorlagan Сардор Юсупов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid