Özbekiston prezidentining tegişli qarorlari bilan Bahodir Ahmedov, Avazxon Tojixonov, Murodjon Majidov va Yusufjon Usmonov madaniyat vazirining örinbosari (dastlabki ikkisi birinçi örinbosar) lavozimidan ozod etildi.

Nodirbek Baxtiyoroviç Sayfullayev madaniyat vazirining birinçi örinbosari lavozimiga tayinlandi.

Nodirbek Sayfullayev / Madaniyat vazirligi

U sobiq madaniyat vaziri, marhum Baxtiyor Sayfullayevning öğli bölib, turli yillarda Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn instituti rektori (2019-2022), prezident administratsiyasi madaniyat va san’atni rivojlantiriş şu’basi mudiri (2022-2024) lavozimlarida işlagan, 2024 yil mayidan buyon Özbekiston davlat san’at va madaniyat instituti rektori lavozimida işlayotgandi.

Jahongir Odilxöjayeviç Ahmedov madaniyat vazirining birinçi örinbosari – vazirlik huzuridagi Kinematografiya agentligi direktori lavozimiga tayinlandi.

Jahongir Ahmedov / ÖzA

Taniqli rejissyor Jahongir Ahmedov 2023 yil dekabrida prezident administratsiyasida iş boşlab, ijodiy taşkilotlar va kinematografiya sohasini rivojlantiriş şu’basi yetakçi inspektori lavozimiga tayinlangandi. 2025 yil mayidan buyon Bolalar kontentini rivojlantiriş markazida direktor sifatida işlayotgandi.

U vazir örinbosari böliş bilan birga 2024 yil yozidan buyon Kinematografiya agentligiga rahbarlik qilib kelgan Şuhrat Rizayevni ham almaştirdi.

Odiljon Abduğaniyeviç Abduqahorov madaniyat vazirining örinbosari lavozimiga tayinlandi.