Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ukraina NATOga uzoq masofali dron va raketalar yetkazib berishga tayyor
Ukraina kelajakda NATO davlatlariga uzoq masofali dronlar va raketalar yetkazib berishi mumkin. Bu haqda Ukrainaning NATOdagi missiyasi rahbari Alena Getmanchuk Welt gazetasiga bergan intervyusida ma’lum qildi.
Foto: AP
Uning aytishicha, Kiyev NATOning dushman hududi ichkarisiga aniq zarba berish imkoniyatlarini kuchaytirishga yordam bera oladi.
“Agar Germaniya kabi NATO davlatlari kelajakda bunday so‘rov bilan chiqsa, biz o‘z tajribamiz va samarali qurollarimizni — uzoq masofali dronlar va raketalarni taklif qilishimiz mumkin”, — degan Getmanchuk.
Uning ta’kidlashicha, Ukraina nafaqat dronlardan himoyalanish, balki yuqori aniqlikdagi zarbalar berish sohasida ham “o‘ziga xos yechimlar” va katta tajribaga ega.
Welt nashri yozishicha, bunday taklif Germaniya va NATO uchun ayniqsa dolzarb bo‘lishi mumkin. Chunki may oyi boshida AQSh prezidenti Donald Tramp Germaniya hududida Amerikaning Tomahawk qanotli raketalari va ballistik raketalarni joylashtirish bo‘yicha kelishuvni bekor qilgan.
Mazkur raketalar zarurat tug‘ilganda Rossiya hududidagi strategik obektlar — qo‘mondonlik punktlari, elektr stansiyalari va qurol omborlariga zarba berish uchun mo‘ljallangan edi.
Nashr ta’kidlashicha, Trampning bu qarori ortidan NATO Yevropada Rossiyaning yadroviy zaryad tashish imkoniyatiga ega 9M729 (SSC-8) raketalari va “Iskander” majmualariga qarshi qo‘yishi mumkin bo‘lgan ayrim qurol turlaridan mahrum bo‘lgan.
11 may kuni Germaniya mudofaa vaziri Boris Pistorius Kiyevga tashrif buyurgan. Welt bu tashrif tasodifiy emasligini ta’kidlagan.
Tashrif davomida Pistorius Ukraina bilan mudofaa sohasidagi ikki tomonlama hamkorlikni kengaytirish niyati borligini bildirgan.
Uning so‘zlariga ko‘ra, hamkorlikning asosiy yo‘nalishlaridan biri barcha turdagi zamonaviy dron tizimlarini, ayniqsa Deep Strike — ya’ni dushman hududi ichkarisiga zarba berish tizimlarini birgalikda yaratish bo‘ladi.
“Shu orqali biz har ikki davlat xavfsizligini mustahkamlaymiz”, — degan Germaniya mudofaa vaziri.
Bundan avval Welt gazetasi Yevropa Ittifoqi va NATOdagi bir necha diplomatlarga tayanib, Germaniya hukumati 2028 yildan boshlab mamlakat hududida Tomahawk qanotli raketalarini ishlab chiqarish bo‘yicha AQSh-Germaniya qo‘shma korxonasi tashkil etish imkoniyatini ham o‘rganayotganini xabar qilgan edi.
Mavzuga oid
09:18
Ukrainada Andrey Yermak pul yuvishda gumonlanmoqda
08:52
The Economist: Ukraina urushda tashabbusni Rossiyadan tortib oldi
22:53 / 11.05.2026
Putin ilk marotaba urush to‘xtashi mumkinligiga ishora qildi – CNN
20:19 / 10.05.2026