Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Namangandagi gullar festivali Ginnes rekordlar kitobiga kirishi mumkin
Namangan shahrida o‘tkaziladigan 65-Xalqaro gullar festivali bu yil Ginnesning rekordlar kitobiga kirishi mumkin. Pokistonning qator ommaviy axborot vositalari mazkur festival haqida materiallar e’lon qilib, tadbirning xalqaro miqyosdagi ahamiyatiga alohida e’tibor qaratdi.
Foto: Kun.uz
Jumladan, Pokistonning Associated Press of Pakistan axborot agentligi, Islamabad Post gazetasi hamda boshqa elektron nashrlarda Namangan shahrida 24 maydan 12 iyulgacha Xalqaro gullar festivali bo‘lib o‘tishi haqida maqolalar chop etildi.
Nashrlarda ta’kidlanishicha, mazkur festival ilk bor 1961 yil avgust oyida gullar ko‘rgazmasi sifatida tashkil etilgan. Dastlab unda mahalliy bog‘bonlar va gul yetishtiruvchilar o‘z mahsulotlarini namoyish qilgan.
2018 yilda festival xalqaro maqom olgach, unga turli davlatlardan mehmonlar va ishtirokchilar kela boshladi. Bugungi kunda u O‘zbekistonning eng yirik va mashhur madaniy tadbirlaridan biri sifatida e’tirof etilmoqda.
Pokiston OAV ma’lumotiga ko‘ra, bu yil festival 65-marotaba o‘tkaziladi va yubiley tadbiri sifatida keng nishonlanadi.
Manbalarda qayd etilishicha, festivalda 50 dan ortiq mamlakatdan qariyb 1 million nafar xorijiy sayyoh hamda 7 milliondan ziyod mahalliy mehmon ishtirok etishi kutilmoqda.
Qariyb 50 kun davom etadigan gullar bayrami doirasida 150 dan ortiq madaniy-ma’rifiy va ko‘ngilochar tadbirlar tashkil etiladi.
Shuningdek, bu yilgi festival eng ko‘p gul ekish bo‘yicha Guinness World Records rekordlar kitobiga kiritilishi mumkinligi ham bildirilgan.
Mavzuga oid
09:22 / 03.05.2026
Toshkent markazidagi ayrim ko‘chalarning bir qismi 11 maygacha yopildi
20:03 / 02.05.2026
Namanganda xorijdan olib kelingan qalbaki dollarlarni sotmoqchi bo‘lgan shaxslar ushlandi
08:59 / 28.04.2026
Namanganda bank xodimi tezkor tadbirda qo‘lga olindi
10:58 / 25.04.2026