Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Chegara hududida milliardlab so‘mlik noqonuniy dorilar topildi
Farg‘ona viloyatidagi “o‘zbek-qirg‘iz” davlat chegarasi orqali olib o‘tilmoqchi bo‘lgan 3 milliard so‘mdan ortiq qiymatga ega kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalari aniqlandi. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
Foto: Videodan kadr
Davlat xavfsizlik xizmati Chegara qo‘shinlari harbiy xizmatchilari tomonidan davlat chegarasini qo‘riqlash va uning daxlsizligini ta’minlashga qaratilgan tezkor-profilaktik tadbirlar davomida giyohvandlik vositalari kontrabandasi bilan bog‘liq holat fosh etildi.
Xususan, “o‘zbek-qirg‘iz” davlat chegarasining Farg‘ona tumani hududidan o‘tuvchi qismida noma’lum shaxslar tomonidan qo‘shni respublikadan kontrabanda yo‘li bilan olib kirilib, tashlab ketilgan 3 ta qop aniqlangan.
Tekshiruv jarayonida ushbu qoplar ichida umumiy qiymati 3 milliard 297 million so‘m bo‘lgan 30 ming 660 dona “Regapen” hamda 925 dona “Tropikamid” kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalari borligi ma’lum bo‘ldi.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 246-moddasi 1-qismi (kontrabanda) va 251¹-moddasi 5-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Hozirda ushbu noqonuniy yuklarning egalarini aniqlash va qo‘lga olish bo‘yicha tezkor-qidiruv tadbirlari olib borilmoqda.
Mavzuga oid
08:45
Farg‘onada yuk mashinasi g‘ildiraklaridan qariyb 20 kg narkotik topildi
08:28
Farg‘onada narkosavdo bilan shug‘ullangan qarindoshlar qo‘lga olindi
11:24 / 11.05.2026
“Kelajakni kvant kompyuterlarsiz tasavvur qilish qiyin” – MIT’ni maqsad qilgan farg‘onalik o‘quvchi
17:33 / 04.05.2026