Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Farg‘onada yuk mashinasi g‘ildiraklaridan qariyb 20 kg narkotik topildi
Farg‘ona viloyatida Volvo rusumli yuk avtomashinasi g‘ildiraklari ichiga yashirilgan qariyb 20 kilogramm narkotik modda aniqlandi. Holat yuzasidan bir necha shaxs qo‘lga olingan.
Davlat xavfsizlik xizmati Chegara qo‘shinlari hamda DXXning Farg‘ona viloyati bo‘yicha boshqarmasi harbiy xizmatchilari tomonidan Rishton tumanidagi Dehqonobod mahallasi hududida tezkor tadbir o‘tkazildi.
Tadbir davomida qo‘shni davlatdan kelgan Volvo rusumli yuk avtotransport vositasining g‘ildiraklari ichiga xufiyona tarzda yashirilgan narkotik moddalarni olishga uringan vaqtda 1974 yilda tug‘ilgan haydovchi va buyurtmachi sifatida gumon qilinayotgan Uchko‘prik tumanida yashovchi 2000 yilda tug‘ilgan shaxs ushlandi.
Tekshiruv jarayonida avtomashina g‘ildiraklari ichiga jami 3 kilogramm 408 gramm “opiy” hamda 16 kilogramm 405 gramm “gashish” narkotik moddalari yashirilgani aniqlanib, tegishli tartibda rasmiylashtirib olindi.
Shuningdek, mazkur noqonuniy harakatga buyurtmachi sifatida gumon qilinayotgan shaxsning 1980 yilda tug‘ilgan otasi ham aloqador ekani ma’lum bo‘lib, u ham protsessual tartibda ushlangan.
Hozirda mazkur shaxslarga nisbatan Jinoyat kodeksining 246-moddasi 2-qismi va 25,273-moddasi 5-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Ularga nisbatan “qamoq” ehtiyot chorasi qo‘llanib, tergov harakatlari davom etmoqda.
Mavzuga oid
11:20 / 13.07.2026
So‘xga muntazam aviaqatnovlar yo‘lga qo‘yiladi
09:00 / 08.07.2026
Farg‘onada qariyb 6 kg «gashish» musodara qilindi
17:55 / 03.07.2026
Farg‘onada qalbaki xorijiy pasport tayyorlash bilan shug‘ullanib kelgan shaxslar qo‘lga olindi
10:25 / 17.06.2026