Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Shavkat Mirziyoyev Turkiston shahriga yetib bordi
O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev amaliy tashrif bilan Qozog‘istonning Turkiston shahriga bordi. Davlat rahbari bu yerda Turkiy davlatlar tashkilotining norasmiy sammitida ishtirok etadi.
“Hazrat Sulton” xalqaro aeroportida oliy martabali mehmonni Qozog‘iston davlat maslahatchisi Yerlan Karin, Turkiston viloyati hokimi Nuralxan Kusherov va boshqa rasmiy shaxslar kutib oldi.

Ma’lum qilinishicha, bugun Turkiston shahrida Turkiy davlatlar tashkilotining norasmiy sammiti bo‘lib o‘tadi.

Shuningdek, sammit ishtirokchilari uchun Turkiston shahridagi tarixiy yodgorliklar va madaniy obektlar bilan tanishuv dasturi ham rejalashtirilgan.
Mavzuga oid
21:50 / 14.07.2026
Shavkat Mirziyoyev Qatar amiri va xalqiga hamdardlik bildirdi
20:34 / 10.07.2026
Rossiya gazining O‘zbekistonga yetkazib berish hajmi oshishi kutilmoqda
17:53 / 08.07.2026
Qozog‘istonda qo‘shni davlatlardan transport vositalari kirishi cheklandi
17:54 / 07.07.2026