O‘zbekiston | 08:58
1110
2 daqiqa o‘qiladi

Toshkentda avtobus va yengil avtomobil to‘qnashdi

Toshkent shahrining Yakkasaroy tumanida Yutong rusumli avtobus hamda Tracker avtomobili ishtirokida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi. Hodisa oqibatida uch kishi tan jarohati olgan.

Foto: Videodan kadr

“Toshshahartransxizmat” AJ axborot xizmati ma’lumotiga ko‘ra, voqea 14 may kuni soat taxminan 08:20 larda sodir bo‘lgan.

69-sonli yo‘nalishda harakatlanayotgan Yutong rusumli avtobus haydovchisi Shota Rustaveli ko‘chasidagi maxsus BRT tasmasi bo‘ylab harakatlanib kelayotgan vaqtda, “Shota Rustaveli — Yakkasaroy” ko‘chalari kesishmasida Tracker avtomobili bilan to‘qnashgan.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, Tracker haydovchisi harakat yo‘nalishini keskin chap tomonga o‘zgartirgani oqibatida avariya yuz bergan.



YTH natijasida avtobus yo‘lovchisi — 1991 yilda tug‘ilgan T.M., shuningdek, Tracker haydovchisi A.T. va uning yo‘lovchisi K.I. tan jarohati olib, 16-sonli shifoxonaga murojaat qilgan.

Ma’lum qilinishicha, dastlabki xulosalarga ko‘ra, hodisada Tracker haydovchisi aybdor deb topilgan. Yo‘l-transport hodisasi Toshkent shahar IIBB YHXB xodimlari tomonidan belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan.
 

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid