Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tramp: Pekin Eronga qurol yetkazmaslikka va’da berdi
AQSh prezidenti Donald Tramp Xitoy Amerikadan neft va soya mahsulotlarini sotib olishga qiziqish bildirganini ma’lum qildi. Bu haqda u Pekinda Xitoy raisi Si Jinping bilan ikki soatlik muzokaralardan keyin Fox News telekanaliga bergan intervyusida aytdi.
Ma’lum qilinishicha, Xitoy ilgari ham AQSh neftini ma’lum hajmda import qilgan. Biroq Tramp 2025 yilda Xitoyga qarshi “savdo urushi”ni boshlaganidan keyin bu xaridlar keskin kamaygan. Shuningdek, Pekin Amerika soyasi o‘rniga asosan Braziliyadan yetkazib berilayotgan mahsulotlarga o‘tgan.
Tramp intervyu davomida Si Jinping Eronga ta’sir o‘tkazishi mumkinligiga ham umid bildirgan. Uning so‘zlariga ko‘ra, Xitoy rahbari Pekin AQSh va Isroilning Eron bilan urushini to‘xtatish bo‘yicha muzokaralarga yordam berishni hamda Ho‘rmuz bo‘g‘ozida kemalar qatnovini qayta tiklashni istayotganini aytgan.
Shu bilan birga, Tramp Si Jinping Eronga qurol yetkazib berilmasligiga va’da berganini ham ta’kidladi.
AQSh prezidenti Eron bilan munosabatlar haqida gapirar ekan, Vashington bundan buyon Tehronga nisbatan sabr qilmasligini bildirdi. Uning fikricha, Eron AQSh bilan kelishuvga erishishi kerak.
Tramp Eron to‘plagan boyitilgan uran masalasiga ham to‘xtalib, uni “ko‘mib tashlash mumkinligi”, ammo o‘zi bu uranni “nazoratga olishni afzal ko‘rishi”ni aytdi.
Shuningdek, u hozirgi Eron rahbariyatini “aqlli insonlar” deb atab, AQSh ular bilan muzokaralar olib borayotganini ma’lum qildi.
Mavzuga oid
09:40
AQSh Senati Eronga qarshi urushni tugatish tarafdori
09:10
AQSh Kubaga nisbatan sanksion bosimni kuchaytirmoqda
22:21 / 23.06.2026
Tramp Eronning muzlatilgan mablag‘lari faqat oziq-ovqat va dori-darmonga sarflanishini aytdi
09:45 / 23.06.2026