O‘zbekiston | 17:59
1380
2 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekiston kunlik suv iste’moli yuqori bo‘lgan davlatlar qatoriga kirdi

Mamlakatda sutkada o‘rtacha bir kishiga to‘g‘ri keladigan suv miqdori taxminan 4778 litrga teng.

Foto: iStock

O‘zbekiston kunlik suv iste’moli yuqori bo‘lgan davlatlar qatoriga kirdi. Bu haqda Worldometer internet xizmati ma’lumotlari guvohlik beradi.

Mamlakatda sutkada o‘rtacha bir kishiga to‘g‘ri keladigan suv miqdori taxminan 4778 litrga teng.

Taqqoslash uchun, Qozog‘iston taxminan 3397 litr, Qirg‘iziston taxminan 4153 litr, Tojikiston 4460 litr sarflaydi, Turkmaniston esa sutkasiga bir kishiga 15445 litrgacha suv sarflash bilan ro‘yxatda birinchi o‘rinda turadi.

Worldometer ma’lumotlariga ko‘ra, Turkmaniston aholisi kunlik suv iste’moli bo‘yicha nafaqat Markaziy Osiyoda, balki dunyoda ham yetakchilik qiladi.

Aholi jon boshiga suv iste’moli eng yuqori bo‘lgan o‘nta mamlakat:

- Turkmaniston (sutkasiga bir kishiga 15445 litr);

- Chili (sutkasiga 5 880 litr);

- Gayana (sutkasiga 5 284 litr);

- O‘zbekiston (sutkasiga 4 778 litr);

- Tojikiston (sutkasiga 4 460 litr);

- Qirg‘iziston (sutkasiga 4 153 litr);

- AQSh (sutkasiga 3 732 litr);

- Eron (sutkasiga 3 638 litr);

- Estoniya (sutkasiga 3 585 litr);

- Ozarboyjon (sutkasiga 3512 litr).

Suv iste’molining eng past darajasi Afrika mamlakatlarida qayd etilgan. Eng past ko‘rsatkich Kongo Demokratik Respublikasida bo‘lib, u yerda har bir kishiga sutkasiga atigi 32 litr suv sarflanadi.

Сардор Юсупов
Tayyorlagan Сардор Юсупов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid