Jahon | 19:13 / 17.05.2026
3861
2 daqiqa o‘qiladi

Dunyodagi eng keksa opa-singillar Braziliyada yashayotgani ma’lum bo‘ldi

Ular uch opa-singil bo‘lib, eng kattasi 108 yoshda, eng kichigi esa 103 yoshda.

Foto: longeviquest.com

Braziliyada dunyodagi eng keksa uch nafar opa-singil aniqlandi. Ular haqida uzoq umr ko‘ruvchilarni o‘rganadigan LongeviQuest tashkiloti ma’lum qildi.

Ular 108 yoshli Levit de Deus Nunes, 104 yoshli Zoraida de Deus Mota va 103 yoshli Zulina de Deus Nunes bo‘lib, Braziliyaning qishloq hududida tug‘ilishgan va sakkiz farzandli oilada ulg‘ayishgan.

Levit doimo oilaning tayanchi bo‘lgan: u uka-singillariga g‘amxo‘rlik qilgan. Ayol telekanallardan birida ommaviy sahnalarda qatnashib pul topgan. Hozir u to‘shakka mixlanib qolgan bo‘lib, eng sevimli mashg‘uloti — kitob o‘qish.

Zoraida o‘qituvchilik kasbini egallagan, keyin esa hamshiralik maktabini tamomlagan. Tibbiyot sohasida ishlagan, turmushga chiqib besh farzandli bo‘lgan. Hozirda qizining uyida yashaydi.

Zulina olti farzandning onasi bo‘lib, ko‘chada kashtachilik buyumlarini sotish bilan shug‘ullangan. U 103 yoshida ham ro‘zg‘or ishlariga yordam berib, katta oilasi uchun taomlar tayyorlaydi.

Дилшодбек Асқаров
Tayyorlagan Дилшодбек Асқаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid