O‘zbekiston | 12:06 / 17.05.2026
3282
1 daqiqa o‘qiladi

Shavkat Mirziyoyev amaliy tashrif bilan Ozarboyjonga boradi

Davlat rahbari BMTning Aholi punktlari bo‘yicha dasturi shafeligida o‘tkazilayotgan Butunjahon urbanizatsiya forumi 13-sessiyasining Yetakchilar sammitida ishtirok etadi.

Foto: Prezident matbuot xizmati

Prezident Shavkat Mirziyoyev Ozarboyjon prezidenti Ilhom Aliyevning taklifiga binoan 17-18 may kunlari amaliy tashrif bilan Boku shahrida bo‘ladi.

Davlat rahbari BMTning Aholi punktlari bo‘yicha dasturi shafeligida o‘tkazilayotgan Butunjahon urbanizatsiya forumi 13-sessiyasining Yetakchilar sammitida ishtirok etadi va nutq so‘zlaydi.

Forum shaharlarni barqaror rivojlantirish, arzon uy-joy bilan ta’minlash, shahar muhiti sifatini oshirish, iqlim barqarorligi va uy-joyni moliyalashtirish mexanizmlarini takomillashtirish masalalariga bag‘ishlangan.

Tashrif doirasida xorijiy delegatsiyalar rahbarlari bilan qator uchrashuv va muzokaralar o‘tkazilishi ko‘zda tutilgan.

Руслан Сабуров
Tayyorlagan Руслан Сабуров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid