Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Smartfonlar va internet tug‘ilish darajasini pasaytirdi – tadqiqot
Tahlilchilarning fikricha, yoshlar o‘rtasida shaxsiy uchrashuvlar sonining kamayishi va ijtimoiy tarmoqlar ta’sirida bo‘lajak juftlarga nisbatan kutilma va talablarning oshishi tug‘ilish darajasining kamayishiga sabab bo‘lmoqda.
2000–2010 yillarda smartfonlar va tezkor internetning keng tarqalishi dunyoning turli mamlakatlarida tug‘ilish darajasining pasayishini tezlashtirgan. Bu haqda Financial Times tegishli ma’lumotlarni tahlil qilib yozmoqda.
Masalan, Fransiya va Polshada tug‘ilish ko‘rsatkichlari 2000 yillar boshida barqaror bo‘lgan, lekin 2009 yildan keyin keskin pasayish boshlangan. Meksika, Marokash va Indoneziyada tug‘ilish ko‘rsatkichining pasayishi 2012 yilda, Gana, Nigeriya va Senegalda esa 2013–2015 yillar oralig‘ida kuzatilgan.
Barcha holatlarda tug‘ilish darajasining keskin pasayishi bu mamlakatlarda mobil ilovalar bo‘yicha Google qidiruvlarining ommalashishi bilan bir vaqtga to‘g‘ri kelgan.
Tsinsinnati universiteti olimlari Natan Hadson va Ernan Moskoso-Boyedo o‘z tadqiqotlarida AQSh va Buyuk Britaniyada tug‘ilish darajasi 4G tezkor mobil internet ertaroq paydo bo‘lgan hududlarda avvalroq va kuchliroq pasayganini aniqlashgan.
Tahlilchilarning fikricha, smartfonlar tug‘ilish darajasining kamayishiga olib kelayotganining sababi yoshlar o‘rtasida shaxsiy uchrashuvlar sonining kamayishi va ijtimoiy tarmoqlar ta’sirida bo‘lajak juftlarga nisbatan kutilma va talablarning oshishidir.
«Instagram va TikTok dunyo bo‘ylab yosh ayollarga an’anaviy qoidalarni chetlab o‘tish imkonini bermoqda, bu esa ayollarning o‘zaro munosabatlarga nisbatan talablarini erkaklar tayyor bo‘lmagan darajada oshirmoqda», deydi Stenford universiteti demografi Elis Evans.
Mavzuga oid
23:06 / 15.06.2026
Britaniyada 16 yoshgacha bo‘lgan bolalar uchun ijtimoiy tarmoqlar taqiqlanadi
08:35 / 05.06.2026
O‘zbekistonda Xitoyning yangi internet provayder zonalari paydo bo‘ladi
09:03 / 02.06.2026
Rossiyada «oq ro‘yxat» tizimi kengaytiriladi
21:15 / 26.05.2026