Jahon | 08:23
2458
2 daqiqa o‘qiladi

Infografika: dunyoda eng katta tashqi qarzga ega davlatlar

Dunyodagi barcha davlatlar tashqi qarzga ega. Infografikada mamlakatlarning boshqa davlatlar va xalqaro tashkilotlardan qancha qarzdor ekani aks ettirilgan.

Foto: Blomberg

Infografika mualliflari ma’lumot manbai sifatida Global Firepower ma’lumotlaridan foydalangan.

Tashqi qarz tarkibiga davlat va xususiy sektorning tashqi kreditorlar oldidagi majburiyatlari kiradi. Ushbu qarzlar valuta hisob-kitoblari, tovarlar yoki xizmatlar orqali qaytarilishi kerak bo‘ladi.



Reytingda tashqi qarzi eng kam davlat sifatida Eritreya qayd etilgan. Mamlakatning tashqi qarzi 461 million dollarga teng.

Eng katta tashqi qarz esa Amerika Qo‘shma Shtatlari hissasiga to‘g‘ri kelgan — 24,54 trillion dollar. Bu ko‘rsatkich AQShdan keyingi o‘nta davlat tashqi qarzining umumiy hajmidan ham yuqori.

AQSh tashqi qarzi tarkibiga davlat idoralari va xususiy kompaniyalarning xorijiy kreditorlar oldidagi majburiyatlari kiradi. Kreditorlar orasida davlatlardan tashqari xalqaro banklar, investitsiya jamg‘armalari va xususiy investorlar ham bor.

Asosan AQSh g‘aznachilik obligatsiyalari ko‘rinishida saqlanadigan ushbu qarz ishonchli moliyaviy instrument sifatida baholanadi. Shu sababli xorijiy hukumatlar va tashkilotlar unga faol sarmoya kiritadi.

AQShdan tashqari tashqi qarzi eng yuqori bo‘lgan davlatlar beshtaligiga Buyuk Britaniya, Fransiya, Germaniya va Niderlandiya kirgan.

Rossiya esa reytingda 226,5 milliard dollar tashqi qarz bilan 34-o‘rinni egallagan. Ayni paytda Rossiya Markaziy banki mamlakat tashqi qarzini 2026 yil 1 yanvar holatiga ko‘ra 319,8 milliard dollar deb baholagan.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid