Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ekspertlar: BMT tinchlikparvarlik tizimi xavf ostida
Stokholm xalqaro tinchlik muammolarini tadqiq qilish instituti (SIPRI) ma’lumotiga ko‘ra, 2025 yil yakuniga kelib dunyo bo‘ylab faoliyat yuritayotgan xalqaro tinchlikparvar kuchlar soni so‘nggi 25 yildagi eng past ko‘rsatkichni qayd etdi.
Foto: REUTERS
Tadqiqotda aytilishicha, bu holat geosiyosiy ziddiyatlar, siyosiy bosim va moliyalashtirishdagi inqiroz bilan bog‘liq. 2025 yil 31 dekabr holatiga ko‘ra, dunyodagi tinchlikparvarlik operatsiyalarida 78 633 nafar xalqaro xodim ishtirok etgan. Bu 2016 yilga nisbatan 49 foizga kam va 2000 yildan buyon eng past ko‘rsatkich hisoblanadi.
SIPRI ekspertlariga ko‘ra, tinchlikparvar kuchlar sonining qisqarishi so‘nggi o‘n yil davomida kuzatilmoqda. Ayniqsa, 2025 yildagi yillik qisqarish 17 foizni tashkil etib, eng katta pasayish sifatida baholangan.
Institut mutaxassislari BMTning mojarolarni xalqaro darajada tartibga solishdagi ahamiyati susayib borayotganini ta’kidlamoqda. Ularga ko‘ra, agar bu tendensiya davom etsa, dunyodagi mojarolar soni ortib, tinch aholi uchun yanada og‘ir oqibatlar keltirib chiqarishi mumkin.
Ma’lumotlarga ko‘ra, 2025 yilda dunyo bo‘ylab 58 ta xalqaro tinchlikparvarlik operatsiyasi amalga oshirilgan. Ularning aksariyati Afrika qit’asida joylashgan davlatlarga to‘g‘ri kelgan.
SIPRI BMT tinchlikparvar operatsiyalari moliyaviy qiyinchiliklarga duch kelayotganini ham qayd etgan. Ayrim yirik donor davlatlar o‘z badallarini to‘liq yoki o‘z vaqtida to‘lamagani sababli, 2025 yil iyul oyida BMT tinchlikparvar missiyalari budjeti 2 mlrd dollar kamomad bilan to‘qnash kelgan.
Shu bilan birga, BMT Xavfsizlik kengashidagi doimiy a’zolar o‘rtasidagi siyosiy kelishmovchiliklar ham tinchlikparvar missiyalar mandatini uzaytirish jarayonini murakkablashtirmoqda.
Ekspertlar fikricha, hozircha BMT tinchlikparvar operatsiyalariga to‘liq muqobil mexanizm mavjud emas va xalqaro hamjamiyat ushbu tizimni saqlab qolish uchun barqaror moliyalashtirishni ta’minlashi lozim.
Mavzuga oid
20:09 / 21.05.2026
BMT Qirg‘iziston, O‘zbekiston va Tojikiston tayyorlagan rezolyutsiyani qabul qildi
08:50 / 20.05.2026
Vashington: BMT tahdidlar uchun joy emas
18:13 / 22.04.2026
2025 yilda qariyb 8 ming noqonuniy migrant halok bo‘ldi yoki bedarak yo‘qoldi – BMT
19:36 / 21.04.2026